Bilasizmi?
Ahamoniylar davlatni 40 ta satraplikka bo`lib
idora qilishgan. Uning tarkibida Markaziy Osiyo
hududidan 4 ta satraplik kirgan
251
Asta-sekin oromiy tili Eron davlat tiliga aylangan. Oliy davlat noziri
(“hukmdor ko‘zu qulog‘i”) markazlashgan davlatning
mustahkamlanishiga yordam bergan, u shoh topshirig‘i bilan oliy
nazorat qilish kabi ma'suliyatli vazifani bajargan.
Ajrim ishlarining shoh va alohida “shoh hakamlari” qo‘lida
bo‘lishi markaziy hokimiyatni yanada mustahkamlagan. O‘sha davr
tilida aytganda, “huquqshunoslar” faoliyatida cheklanmagan shoh
hokimiyatini asos qilib olganlar. Bu “shoh hakamlari” ning vazifasi
barcha mojaroli masalalarda hukmdorga maslahat berishdan iborat
bo‘lgan. Hakamlar umrbod tayinlanib, jinoyatga qo‘l urgan yoki
poraxo‘rlikda ayblangan hakamlar vazifasidan mahrum etilgan. “Shoh
hakami” vazifasi ba'zan otadan o‘g‘ilga meros sifatida o‘tgan.
Hakamlar nafaqat Eron, balki uning tarkibidagi boshqa mamlakatlarda
ham adolatpeshalik qilganlar. Tavrotdagi ma'lumotlar hamda
eronliklar hukmronligi davriga oid Bobil hujjatlari (ular Nippurdan
topilgan) shundan dalolat beradi.
Boshqa qadimgi Sharq mamlakatlari singari, Eronda ham natural
xo‘jalik hukm surgan. Qishloq jamoalarida yetishtirilgan mahsulotlar
shu joyning o‘zida iste'mol qilingan. Yetishtirilgan mahsulotning
ortiqcha qismi bozorga chiqarilgan. Qadimgi natural xo‘jalik
qoidalariga muvofiq, tovarlar muayyan qiymatga ega bo‘lgan.
Masalan, Persepoldagi yollanma xodimlar ish haqi sifatida mahsulot,
ya'ni non, yog‘, baliq olganlar. Mahsulot shaklida to‘lanadigan ish
haqi “shak” ibora bilan ifodalangan. Persepoldan topilgan va keyingi
davrga oid hujjatlarda ish haqi sifatida qo‘y va sharob to‘langanligi
qayd etilgan. Biroq savdo ishlari rivojlanib borgan sari bahoning bu
ibtidoiy tovar ekvivalentini dastlab og‘ir metall pul, so‘ngra esa zarb
qilingan tanga tobora siqib chiqargan.
Tashqi savdo ancha taraqqiy etgan Lidiyada miloddan avvalgi
VI asrda zarb qilingan tanga paydo bo‘lib, u Bobilning eng qadimgi
pul og‘irlik o‘lchovi tizimidan foydalanish asosida kelib chiqqan.
Eronda pul tizimi Kayxisrav zamonida tashkil topgan. Kayxisrav
Suza, Sarda va Bobilda oltin tangalar zarb qildirib, bu tanga “darik”
nomini olgan (dari so‘zi qadimda eroniy “oltin” so‘zidan olingan
bo‘lsa kerak). Eronning g‘arbida savdoda pul ishlatish rasm bo‘lib, bu
yerda Bobil kabi ko‘hna savdo markazlari ravnaq topgan. Sharqiy
o‘lkalar, jumladan, O‘rta Osiyoda, asosan, qadoq tilla ishlatilgan.
252
Biroq Eron tangasi bu yerga ham yetib kelgan. Afrosiyob (hozirgi
Do'stlaringiz bilan baham: |