miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda o‘tgan Ossuriya podsholarining
ma'muriy yozishmalari muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, antik
mualliflar Iosif Flaviy, Gerodot, Yevseviy asarlarida ham qadimgi
Suriyaga oid ancha ma'lumot bizga qadar yetib kelgan.
Misrning Suriya va Finikiyani istilo qilishi. Misr-Xett nizolari.
Ichki kurash natijasida kuchsizlanib borgan Suriya bir necha bor
ajnabiy bosqinchilar asoratiga tushgan. Qadim Sharqdagi katta
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
160
davlatlar hukmdorlari, Misr fir'avnlari va Bobil podsholari nisbatan
kichik mamlakatlar - Suriya va Shimoliy Mesopotamiyani bir necha
bor istilo qilganlar.