davrida (364 - 373 yillar) esa eski Rim aristokratiyasi bilan birga
majusiylikka qarshi kurash olib borildi. Majusiylar ommaviy qirg‘inga
uchrab, xristian dini vakillari ustun keldilar.
Rim imperiyasining parchalanishi va G‘arbiy Rim imperiyasining
inqirozi. Imperiyaning feodallashuvi. Zamindor zodagonlar dominat
davrida o‘z mavqyelarini mustahkamlab olib, qishloq erkin va qaram
aholisining turli qatlamlarini ekspluatatsiya qila boshladilar. Aholi
qaramlik darajasi ortishi oqibatida erkin va qaram dehqonlarning
ahvoli o‘zaro tenglashib bordi.
455 yili Rim vandallar tomonidan talon-taroj qilinadi. Italiya
varvarlar bilan to‘lib toshdi. V asrda varvar askarlaridan iborat qo‘shin
haq ololmaganligi tufayli joylashish uchun yer berilishini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |