II asrda boshlangan Taksila va Dxarmarajika ibodatxonasi V asrga
kelib mahobatli inshootga aylandi.
Tasviriy san'at. Bu davrda tasviriy san'at va haykaltaroshlikning
bir necha yo‘nalishlari vujudga keldi. Agar Markaziy Osiyoda,
Baqtriya davlatida dunyoviy g‘oyalar hukmron bo‘lgan bo‘lsa,
Shimoliy Hindistonda gandxara, Gang vodiysida - matxura, janubda
esa andxra maktablari mavjud edi. Gandxara maktabida budda ta'siri
kuchli bo‘lib, gandxara haykaltaroshligida Budda tasviri paydo bo‘ldi.
Bu davrga qadar Buddaning qiyofasi Shartli belgilar yordamida
ifodalangan. Gandxaraning haykaltaroshlik an'analari uzoq va yaqin
mamlakatlar san'atiga ham ta'sir ko‘rsatdi. Buddaviy haykaltaroshlik
bilan birga dunyoviy haykaltaroshlik, ya'ni matxura san'ati o‘ziga
xosligi bilan ajralib turadi. Bunda Kushon hokimlari va oddiy
fuqarolar haykallari yasalgan. Matxura haykaltaroshlik maktabi
guptalar davrida Shimoliy hind an'analari ta'sirida yuzaga keldi.
Bunda Budda tasvirida oddiylik va odmilik ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Hindu dinining tiklanishi ham haykaltaroshlikda o‘z ifodasini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |