huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt»ning 6-moddasi 1-bandida har bir insonning
yashash huquqi uning ajralmas huquqi ekanligi, bu huquqning qonun bilan
himoyalanishi belgilab qo’yilgan. Bizning Konstitutsiyamizning 21-31 moddalarida
ham inson va fuqarolarning huquqlari o’z ifodasini topgan.
Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi 18-moddasi xamda
Fuqarolik va siyosiy huquqlar tug’risida xalqaro Pakt
quyidagilarni o’z ichiga olgan.
• O’z xoxishiga ko’ra maslakka yoki dinga e’tiqod qilish;
• O’z maslaki yoki dininni o’zgartirish;
• Diniy rasm-rusm, toat-ibodat marosimlarini o’tkazish;
• Тushunchaga va dinga ega bo’lish;
37
Акмал Саидов. Инсоният ћурлигининг буюк хартияси. //Демократлаштириш ва инсон ћуќуќлари – 2 / 2008.7-бет.
38
Ўзбекистон Республикаси ва инсон ћуќуќлари бўйича халќаро шартномалар. / Маъсул мухаррир А.Х. Саидов-Т.:
«Адолат», 2002, 49-бет.
80
• Ota-onalariga yoki qarovchilariga o’z tushunchalariga amal qilgan xolda,
o’zlarining bolalarini diniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashni ta’minlash.
1991 yil 14 iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to’g’risida”gi yangi Qonunni kabul qildi.
1998 yilda esa ushbu qonunning Yangi taxriri qabul qilindi. Bu qonun 23 moddadan
iborat.
Qonunning 3-moddasi “Vijdon erkinligi xuquqi” deb nomlangan.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun xujjatlari O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasidan, ushbu qonun va boshqa qonun xujjatlaridan iborat.
Dinga e’tiqod qilish yoki o’zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat
tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, xuquqi va erkinliklarini
ta’minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina cheklanishi mumkin. Din va dunyoviy
davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, dinnning davlatdan ajratilishi
tamoyilini asosini ta’kidlash zarur. Bu haqida Konstitutsiyaning 61-moddasida
shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan xamda
qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”.
3. 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-
moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqining kafolatlanishi tabiiy
holdir. Yana bir muhim tomoni – keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda salmoqli o’zgarishlar sodir bo’lmoqda.
Dinning jamiyatdagi o’rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning
faoliyat ko’rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy
tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy
tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og’ishmay amal
qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni
qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni
matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi.
Mazkur qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi
nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu qonunning
maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga
munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy
tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat».
Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo’lib, unda har bir fuqaro
dinga munosabatini o’zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki
hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlandi.
4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng huquqliligi
haqida so’z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko’rsatilishiga
yo’l qo’yilmasligi ta’kidlanadi.
81
Vijdon erkinligi haqidagi qonunning 5-moddasida O’zbekiston Respublikasida din
va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko’rsatilgan. Bu degani davlat diniy
masalalar bilan shug’ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga
aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim.
Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egalar.
Shuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o’rtasidagi tinchlik va
totuvlikni qo’llab-quvvatlashi, konfessiyalar o’rtasida adovatni avj oldirishga, xususan,
bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlarga,
missionerlikka yo’l qo’ymasligi ta’kidlangan.
Diniy tashkilotlarga O’zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo’lgan
partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo’lim yoki
filiallarini ochish man etiladi.
Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ’ibot olib borishda, dushmanlik,
nafrat, millatlararo adovat uyg’otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni
buzishda, bo’hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o’rtasida
vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-
harakatlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Тerrorizm, narkobiznes va uyushgan
jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi
diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.
Тalabalarga diniy ta’lim olish masalalariga munosabat haqida ham ma’lumot
berishimiz kerak. Fuqarolar dinga bo’lgan munosabatlaridan qat’i nazar, ta’limning
xilma-xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida
ko’rsatilishicha, diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va
o’zlariga zarur bo’lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o’quv yurtlari tuzishga
haqli. Diniy o’quv yurtlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan
o’tkazilib, tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat ko’rsatish huquqiga ega bo’ladi.
Oliy va o’rta diniy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolar O’zbekiston
Respublikasining «Тa’lim to’g’risida»gi qonuniga muvofiq umumiy majburiy o’rta
ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Diniy ta’lim beruvchilar maxsus diniy ma’lumoti bor kishilar bo’lib, bolalarni
o’qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo’lishi
kerak. Хususiy diniy ta’lim berishga yo’l qo’yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni buzganlar
qonun oldida javobgardirlar.
Diniy tashkilotlar diniy ta’lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet
el fuqarolarini ta’lim olish uchun qabul qilishlari mumkin.
Diniy tashkilot – bu ma’lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining
uyushmasidir (masjid, cherkov, sinagoga, diniy o’quv yurtlari va h.k.). Uni tashkil
etish uchun unga bir xil e’tiqodga ega bo’lgan kamida 100 kishi a’zo bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga to’lganidan keyin
ma’lum diniy jamiyatga a’zo bo’lishi mumkin.
Diniy tashkilotlar o’z mulklariga ega bo’ladilar. Binolar, din bilan bog’liq buyumlar,
ishlab chiqarish va xayriya ishlariga mo’ljallangan inshootlar, pul mablag’lari hamda
82
diniy tashkilotlar faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqa mol-mulk diniy
tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va
mulkiy xayriyalardan, shuningdek, fuqarolardan tushgan mablag’lardan davlat solig’i
undirilmaydi.
Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o’tkazish mahalliy hokimiyat tomonidan
taqiqlanmaydi. Qonunning 3-moddasida ko’rsatilishicha, dinga e’tiqod qilish yoki
o’zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning
hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan
darajadagina cheklanish mumkin.
Diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga haqlidirlar. Ular davlat, jamoat
korxonalari va tashkilotlarining ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to’laydilar,
ijtimoiy ta’minlanish va sug’urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy asosda
pensiya olish huquqiga egalar.
Qonunning oxirgi 23-moddasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi
qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko’rsatilgan.
Тalabalarning diqqatini Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e’tiqod erkinligi
masalalariga katta e’tibor berilganligiga qaratmog’imiz lozim. Unda dinning
tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko’proq e’tibor berilishi kerakligi ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Uning hududida 15 ta diniy konfessiya
vakillari istiqomat qiladilar. Yuqoridagi qonunda keltirilganidek, ular Konstitutsiya
oldida huquq va majburiyat yuzasidan tengdirlar. Konstitutsiyaning 12-moddasida
ta’kidlanishicha, hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin
emas. Shunga ko’ra hech qanday konfessiya boshqalaridan ustun deb qaralishi yoki
ularga o’z ta’sirini o’tkazishga intilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |