64
kabi ma’nolarni anglatadi) vujudga kelgan. Islomda sunnat ahamiyati jihatdan
Qur’ondan keyin turadi. U Muhammad (SAV)ning so’zlari va xatti-harakatlari
bayon qilingan muqaddas rivoyatlardan iborat. Sunnat VII asrning o’rtalarida
vujudga kelgan.
Sunnat hadislardan (arabchada – hikoya, xabar, bildirish,
,
parcha degan ma’nolarni
anglatadi) tashkil topgan. Ular Muhammad payg’ambarning hayoti, faoliyati va
ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat. Arab xalifaligi tashkil topganidan keyin
ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotdagi o’zga-rishlarning diniy ta’limotda aks
ettirilishi zarurati va siyosiy hokimiyat uchun kurashda turli rypyhlap
Muhammadning obro’-ehtiromiga tayanishga intilishi sababli, hadislarning soni
jadal sur’atlar bilan kupayib borgan. Хadislarii to’plashdagi bunday tartibsizlikka faqat IX
asrda chek qo’yilgan. “Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi
(milodiy to’qqizinchi) asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritilgan.
Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli
hadislar to’plamining (as-sihoh as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Yana shunisi
diqqatga sazovorki, mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi Markaziy Osiyolik
bo’lgan”.
29
Shu davrga kelib, ular tartibga solingan va din, axloq, fiqhning muqaddas
manbaiga aylangan.
Hadislarni yig’uvchi, sharhlovchi, targ’ib etuvchi shaxslar «muhaddis» deb atalgan.
Muhaddislar hadislarni to’plashda, birinchidan, isnod (arabchada - tayanch degan ma’noni
anglatadi), ya’ni hadisni ma’lum qilgan kishilarni sanab o’tishlari, ikkinchidan, matn,
ya’ni hadisning mazmunini bayon qilishlari kerak. Nufuzli hadislar to’plamida
ko’shimcha raviщda hadislarga sharhlar beriladi. Hadislar to’plamlari juda ko’p, lekin
doimo ularning oltitasi alohida ezozlanadi. Quyidagi muhaddislar qalamiga mansub
hadislar to’plami ishonchli deb tan olingan:
1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) – “Aljomi’ as-
sahih” (Ishonchli to’plam) yoki “as-Sahih al-Buxoriy”, ishonchli deb
bilganlaridan 7250 ta hadis kiritilgan
2. Muslim an-Nishopuriy (817-875) –“as-Sahih”, 12 mingta hadis kiritilgan.
3. Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja (824-886) – “Sunnan”.
4. Imom Abu dovud Sulaymon Sijistoniy (817-880) – “Sunnan”.
5. Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Тermiziy (824-892) – “Al-ja’mi al-kabir”.
6. Imom Ahmad An-Nasoiy (830-915) – “Sunnan”.
Тalabalarga islomdagi yo’nalish va oqimlarning hadislarga munosabatlarida turlicha
yondashuvlar mavjud ekanligi haqida ma’lumot berishimiz maqsadga muvoffiqdir.
Shialik yunalishi alohida hadislar to’plamiga ega bo’lib, ularda Muhammadning oilasiga
alohida e’tibor beriladi. Lekin ikkala yo’nalish ham hadislarning muqaddas rivoyatlar
sifatidagi ahamiyatini inkor etmaydi.
Islom dinining qator asosiy tamoyillarini o’z ichiga olgan «E’tiqod ramzi» yaratilgan.
Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
1) Ollohga ishonish.
29
Маънавият юлдузлари. Т., 2001. 64-65-бетлар.
65
2) Ollohning farishtalariga ishonish. (Jabroil, Mikoi, Isrofil, Azroil, Munkar va
Do'stlaringiz bilan baham: