5
1-MAVZU
Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Reja
1. Dinshunoslik fanining predmeti.
2. Dinshunoslik fanini o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad.
3. Dinning jamiyatdagi funksiyalari.
Тayanch iboralar: din, diniy e’tiqod, ijtimoiy ong, dialektika, ijtimoiy borliq,
jamiyat, dunyoqarash, ma’naviy-ahloqiy hayot, komillik, barkamol inson, ezgulikka
da’vat, kompensatorlik, integrativlik, regulyativlik, komunikativlik, gnoseologik ildiz.
1. Dinshunoslik fani XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. O’sha davrda
olimlar (E. Тaylor va b.) tarix, arxeologiya, etnografiya va lingvistika to’plagan
konkret materiallarga asoslangan xolda, dinni tabiiy, yerdagi sabablar asosida
tushuntirdilar. Shuningg uchun ham ularning nazariyasi o’z vaqtida progressiv
ahamiyatga ega bo’lgan. Тalabalarga dinshunoslik fanining vujudga kelishida
Markaziy Osiyo mutafakkirlari, XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlarining ta’limotlari
nazariy asos bo’lganligini ta’kidlab o’tishimiz kerak. Markaziy Osiyoda xurfikrlilikka
xos dastlabki g’oyalar – deizm, panteizm buyuk mutafakkirlar Forobiy, Ibn Sino,
Beruniy, Umar Хayyomlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushtning “Ikki
haqiqat” ta’limotida olg’a surilgan. XVIII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy
tashkilotlarga munosabati XIX asrda ilmiy dinshunoslik va turli oqimlarni yuzaga
kelishiga katta turtki bo’lgan. Тalabalarga bir necha maktablarni misol tariqasida
keltirishimiz mumkin: XIX asrdagi mifologik maktab (aka-uka Ya. Va V, Grimm, M.
Myuller); antropologik maktab (L. Feyerbax). XX asrda dinshunoslik yanada yangi
nazariyalar bilan boyigan. Bunda shveysariyalik psixolog K. Yung va fransuz olimi E.
Dyurkgeymning “kollektiv ong” haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir.
Dinshunoslik fani dinning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning ta’limotini,
vujudga kelishi va shakllanishini o’rganuvchi fandir. Тalabalar diqqatini bu fan jamiyat
taraqqiyoti jarayonida din bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy hodisalarni – mafkura
va aqidalar, urf-odat va marosimlar, diniy tashkilotlarni talab va tartiblarini o’rganish,
tahlil qilish ko’zda tutilganligiga qaratish kerak.
Dinshunoslik fani taraqqiyoti jarayonida ma’lum metodlarga asoslanib izlanishlar
olib borilgan va bu izlanishlarning natijasida muhim xulosalar shakllangan. Тalabalar
diqqatini mana shu xulosalarga qaratish maqsadga muvoffiqdir:
• har qanday din ijtimoiy hodisa bo’lib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan
biridir;
• diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlari ta’sirida shakllanadi;
• ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo’lgan dinlar
evolyutsion taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan.