(afsun, magiya) real natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta’sir etish maqsadida
amalga oshiriladigan rituallar – urf-odatlar majmuasidir. U totemizm va animizm bilan
bobolarining ruhlari bilan xayolan bog’lanishni amalga oshirib kelganlar. Shamanizm
qadim o’tmishda paydo bo’lib, minglab yillar davomida saqlanib kelgan va tabiiyki,
14
muntazam rivojlanib borgan. Odatda, afsungarlik urf-odatlari bilan maxsus odamlar –
shamanlar, afsungarlar shug’ullanganlar. Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining
tashkil topish jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarning
keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Demakki, diniy tasavvurlar odam
hayotining bo’linmas, hattoki asosiy qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini,
albatta, o’sha dunyo kuchlari boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman
desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo’lishni
istasa, birinchi vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak
edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi va insoniyat
hayotida uzoq vaqt o’z ta’sirini o’tkazib keldi.
Fetishizmning unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning urf-odat va e’tiqodlarida
saqlanib qolgan. Masalan, turli haykallar, suratlar, tumor, ko’zmunchoq va turli
ramzlar bunga yorqin misoldir.
3. Markaziy Osiyo xalqlarining shakllanishi tarixining murakkab va o’ziga xos
tomonlari mavjuddir. Bu hudud xalqlarining dastlabki manzilgohlari Farg’ona vodiysi
tosh davrida – eramizgacha bo’lgan 1 mln.- 500 minginchi yillarda vujudga kela
boshlagan. Quyi paleolit davridayoq bu yerlarda (Тeshiktosh, Sherobod va bosh.)
ma’naviy madaniyatni shakllanganliginiifoda etuvchi qoyalarga o’yib tasvirlangan
rasmlar, xaykaltaroshlik paydo bo’la boshlaydi. Inson, o’simlik va hayvonlarning
ramziy ifodalarini hayoliy tarzda o’zaro biriktirgan, uyg’unlashtirgan bu badiiy asarlar
voqelikni inson tomonidan haqiqiy va hayoliy o’zlashtirishni o’zida ifoda etish bilan
birga diniy qarashlarni ham vujudga kela boshlaganini ham bildiradi.
Neolit davrida “muqaddas” hayvonlarga, ona–xudoga bag’ishlangan haykallar, toat-
ibodatlar, diniy marosimlar bilan bog’liq buyumlar paydo bo’la boshlaydi.
Тalabalarga sinkretizm tushunchasi haqida ma’lumot berish maqsadga muvoffiqdir.
Sinkretizm – yunon tilidan olingan so’z bo’lib, hodisalarning dastlabki, bir-biridan
ajralmagan, qorishiq holatini anglatadi. Sinkretizm qadimgi odamlarning tafakkurini
ham uzluklilik va uzluksizlik tabiatini, uni aniq buyum va narsalar orqali ifoda
etilishini ham bildiradi. Тotemistik, animistik diniy qarashlar shular jumlasidandir.
Dinning qadimgi shakllariga ona xudo – Onaxit bilan bog’liq tasavvurlar ham kiradi.
Ona xudo hosildorlikning, mo’l-ko’lchilikning ramziy ifodasi, oila o’chog’ining, yosh
avlodning homiysi ham hisoblangan. O’zbeklardagi Anbar ona, qirg’izlardagi Umon
enelar shular jumlasiga mansubdir.
Do'stlaringiz bilan baham: