64
Mavzu IX. MAKROIQTISODIY FAOLIYAT NATIJALARI
KO‘RSATKICHLARI
Reja:
1.
Milliy hisoblar tizimi mohiyati.
2.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi.
3.
Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
1. Milliy hisoblar tizimi mohiyati.
O‘zbekiston
mustaqillikga erishgach, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy
aloqalar tez suratlar bilan rivojlandi. Xalqaro aloqalar makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarning taqqoslanish zaruriyatini tug‘dirdi. Sobiq SSSR davrida xalq
xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari xalq xo‘jaligi balanslarida (XXB) ifodalanar
edi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimida XXB lari faqat moddiy ishlab chiqarish soha
tarmoqlarida yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olar edi. Xalq xo‘jaligi
tarmoqlarining asosini davlat korxonalari tashkil etgan,
nima ishlab chiqarish va
kimga sotish oldindan reja – buyruq bilan kafolatlangan iqtisodiyotda XXBlar
xizmat qildi. Lekin bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida turli mulkga
asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish
lozimligi hisob va statistika ishlarini xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan hisoblar
tizimiga o‘tish zaruriyatini taqazo etdi.
O‘zbekistonda 1994 yilda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va
statistika tizimiga o‘tishning Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturning asosiy
vazifalariga quyidagilar kiradi.
•
Davlat statistika va hisobning uslubiy
asoslarini qayta kurib chiqish, ularni
xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga moslashtirish;
•
Xalq xo‘jaligi balanslari bilan milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini
taqqoslash darajasiga keltirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblar
tizimini yaratish;
•
Milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan
me’yorlarga muvofiqlashtirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha
MHT schyotlarini ishlab chiqish;
•
Boshlang‘ich hisob shakllarini, buxgalteriya,
moliyaviy va bank tizimi
hisoblarini xalqaro talablarga moslashtirish;
•
Aholi va mehnat, narx va tashqi savdo statistikasini xalqaro qoidalarga
moslashtirish;
•
Xalqaro andozalarga mos keladigan yagona tasniflashlar va kodlashtirish
tizimini yaratish;
•
Mulkning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar yagona davlat
registrini tashkil etish;
•
Xalqaro statistika organlariga beriladigan ma’lumotlar tarkibi, davri va
berilish tartibini aniqlash va shu kabi ishlardan iborat.
65
Davlat Dasturi asosida xalq xo‘jaligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari xalqaro
andozalarga mos keladigan milliy hisoblar tizimiga (MHT) asta –
sekinlik bilan
o‘tkazila boshladi.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) bozor iqtisodiyoti sharoitida makrodarajadagi
ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini muvofiqlashtirishda hamda
xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda foydalaniladi.
«Milliy hisoblar» atamasini dastlab Gollandiyalik statistik olim Edvard Van
Kliff 1941 yilda ilmiy maqolada qo‘llagan. Uning paydo bo‘lishiga bozor
iqtisodiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, davlat boshqaruvi uchun zarur bo‘ladigan
ma’lumotlarni to‘plash ehtiyoji sabab bo‘ldi.50 yillarda
BMTning statistika
byurosi topshirig‘iga asosan bir guruh ekspert – statistiklar milliy hisoblar tizimini
qo‘llash bo‘yicha uslubiyot tayyorladilar. Natijada Angliya va AQSH hamda bir
qancha Yevropa mamlakatlari MHTni qo‘llay boshladilar. BMTning statistika
byurosi milliy hisoblar tizimini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirdilar va
nihoyat 1968 yilda MHTning standartlari qabul qilindi.
1993 yil fevral oyida Nyu – Yorkdagi statistika komissiyasining navabatdagi
sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi. Ushbu standart asosida
«O‘zbekiston Respublikasi hisob va statistikasini xalqaro amaliyotda qabul
qilingan hisob va statistikaga o‘tkazish» to‘g‘risidagi Davlat dasturi ishlab
chiqarildi va asta-sekinlik bilan dastur vazifalari amalga oshirilmoqda.
MHT yangi standartida iqtisodiyot sektorlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
•
nomoliyaviy korparatsiyalar sektori (tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat
ko‘rsatuvchi);
•
moliyaviy muassasalar sektori;
•
davlat muassasalari sektori;
•
uy xo‘jaligi sektori;
•
uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektori;
•
Tashqi iqtisodiy aloqalar sektori.
Nomoliyaviy korxonalar guruhi turli mulkga (davlat, jamoa, aksioner, xususiy
va shu kabi) asoslangan korxonalarni o‘z ichiga oladi.
Ular mahsulot ishlab
chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi turli korxonalardir.
Moliyaviy tashkilotlar guruhiga markaziy va boshqa tijorat banklari, kredit
hamda sug‘urta muassasalari kiradi.
«Uy xo‘jaligi» guruhi mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lmagan ishlab
chiqaruvchilarni ya’ni ishchi va xizmatchilarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari,
turli xunarmand – kosiblarni o‘z ichiga oladi.
Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar guruhiga
fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, dam olish
uylari sanatoriylar hamda
jamoa tashkilotlari kiradi.
MHT ikki tomondan iborat balans ko‘rinishdagi jadvallardan tuzilgan. Bir
tomonda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kirimi ko‘rsatilsa, ikkinchi tomonida ularning
iste’moli, ishlatilishi ko‘rsatiladi. Tomonlar jami summalari teng bo‘lib, balans
ko‘rinishini oladi.
66
Milliy hisoblar – bu xalq xo‘jaligi bo‘yicha milliy daromad va pirovard
mahsulotlarni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash hamda foydalanish jarayonlarini
xarakterlaydigan jamlanma iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimidir.
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy takror
ishlab chiqarishning barcha
jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi hamda bu
operatsiyalar tomonlarining hisoblarida qiymat ko‘rinishida daromad (kirim) yoki
harajat (chiqim) sifatida ko‘rsatiladi.
MHTda barcha operatsiyalar 3 sinfga ajratiladi.
Bular:
•
tovar va xizmat operatsiyalari;
•
ayirboshlash operatsiyalari;
•
moliyaviy operatsiyalar.
Tovar va xizmat operatsiyalariga tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish,
bozor va nobozor xizmatlar, asosiy kapital va moddiy aylanma mablag‘lar
o‘zgarishi, tovar va xizmatlar eksporti kiradi.
Ayirboshlash operatsiyalari xodimlarning mehnat haqi, soliqlar, olingan
daromadlar, sug‘urta va subsidiya to‘lovlarini o‘z ichiga olib, sektorlar o‘rtasidagi
daromadlarni o‘zaro ayirboshlash operatsiyalarini bildiradi.
Moliyaviy operatsiyalar mavjud pul mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar,
kredit va zayomlar bo‘yicha bo‘lgan moliyaviy
aktivlar va passivlar, hamda
fondlarning o‘zgarishini o‘z ichiga oladi.
Demak, MHTning XXBdan asosiy farqi , MHTda ishlab chiqarish
tarmoqlari ham, noishlab chiqarish sohalari (fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni
saqlash, kommunal xizmatlar va shu kabilar) natijalari ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: