15
Mavzu III. MAKRO-MIKROIQTISODIY
KO‘RSATKICHLAR TIZIMI
Reja:
1.
Satistik ko‘rsatkichlar tizimi to‘g‘risida tushuncha
2.
Milliy mahsulot va daromadlarning
doiraviy aylanmasi makro-
mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining asosi
3.
Makro-mikroiqtisodiy statistika fanining ko‘rsatkichlar tizimi
1. Satistik ko‘rsatkichlar tizimi to‘g‘risida
tushuncha
Jamiyatda bo‘layotgan barcha iqtisodiy voqea va hodisalar qandaydir
ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Bu voqea-hodisalarning miqdori esa sonlarda
(raqamlarda) ko‘rsatiladi. Voqea-hodisalar makon va zamonda shunchalik ko‘p sodir
bo‘ladiki, ularni ifodalash uchun juda ko‘p ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Biror
korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ham natural, ham pul (so‘mda)
ifodalanishi mumkin. Masalan: Samarqand shahridagi
№
1 non zavodi 2005 yil 10
sentyabrda oliy Navli nondan – 1460 kg, birinchi Navli bug‘doy nonidan – 18240 kg,
jami – 19700 kg non mahsuloti ishlab chiqargan. Bu mahsulotning qiymati – 216000
so‘m bo‘ladi. Bu non zavodi o‘sha kuni 2 turdagi mahsulot ishlab chiqargan.
Lekin
korxona, firmalar ko‘p turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Shuning uchun ham
korxona, tashkilot, firmalarning ko‘rsatkichlari pulda ifolanadi. Og‘irlik
bilan
o‘lchanadigan voqea hodisalar – og‘irlik o‘lchov birligi: kg, tonna kabi o‘lchovlar
Bilan ifodalanadi. Bularga misol bo‘lib, tayyorlangan paxta, yetishtirilgandan
(bug‘doy, arpa, makkajo‘xori) mahsulotlari, qazib olingan ko‘mir, temir rudalari vash
u kabilar. Hajmi bilan o‘lchanadigan voqea-hodisalar-hajmi o‘lchov birligida: litr, ,
kub metr (m
3
) kabi birliklarda ifodalanadi. Bularga misol:
neft va neft mahsulotlari
hisoblanadi. Uzunlik bilan ifolanagan voqea-hodisalar – uzunlik o‘lchov birligida:
sm, m, km. larda ifodalangan temir, avtomobil yo‘llari bo‘la oladi.
Demak voqea – hodisalar mohiyatiga qarab, qandaydir bir o‘lchov birligida
sonli miqdorda (raqamda) ifodalanar ekan. Miqdorlar – voqea –hodisalarning
tashqi
qiyofasini, qanchaligini ifodalaydi. Lekin shu voqea-hodisalarning holati va
o‘zgarishini ifodalovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar ularning sifat mohiyatini ham ochib
beradi.
Shunday qilib, statistik ko‘rsatkichlar bir (bitta) yoki bir nechta (to‘plam,
guruh) voqea hodisalarning xususiyatini,
belgisini, holatini, o‘zgarishini ifodalovchi
raqamlardir (sonlardir). Agar raqam (son) bitta voqea-hodisani
ifodalasa-bu yakka
statistik ko‘rsatkich hisoblanadi. Voqea – hodisalar to‘plamini tavsiflovchi raqamlar
(sonlar) umumlashtiruvchi statistik ko‘rsatkich hisoblanadi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar – iqtisodiy munosabatalarda bo‘layotgan voqea-
hodisalarni ifodalaydi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar
muhim ahamiyatga ega, chunki ular
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash va iste’mol bilan bog‘liqdir.
Bunday iqtisodiy ko‘rsatkichlar nafaqat ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini,
bilki ular bilan bog‘liq
aholi soni,ish bilan bandlik, aholi daromadlari,harajatlar va
16
boshqa madaniy-ma’rifiy sohada bo‘ladigan voqea-hodisalar bilan ham chambarchas
bog‘liqdir.
Har qanday iqtisodiy ko‘rsatkichlarda voqea –hodisaning nomi (tavsifi), makon
(qayerda sodir bo‘lganligi) va zamon (qachon sodir bo‘lganligi) jihatlarini bildiruvchi
hamda miqdoriy tavsifini bildiruvchi raqamlar (sonlar) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: