dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi.
Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va
modernizatsiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga
oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo‘lib
xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, xolisona tahlil, islohotlarimizning mantiqi va
izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini
baholash iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada chuqurlashtirish,
takomillashtirish va liberallashtirish bo‘yicha jiddiy ehtiyoj
mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasini
mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo‘l bilan qo‘lga
kiritgan yoki yaratgan o‘z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini
ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har bir
tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
Do'stlaringiz bilan baham: |