prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar
prokurorlarining esa tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash
muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi.
Bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, davlat-huquqiy munosabatlarning
butun tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish,
inson huquq va erkinliklarini himoya etish bo‘yicha oldimizda turgan keng
ko‘lamli vazifalar sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish masalasini
kun tartibiga qo‘yayotganini biz o‘zimizga albatta yaxshi tasavvur etamiz.
Bu boradagi vazifalarni samarali hal qilish maqsadida quyidagi
tashkiliy-huquqiy choralarni amalga oshirish taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |