www.ziyouz.com
kutubxonasi
170
yaroqsizlanishi, hayvonot va nabotot dunyosining keskin qisqarishi, iqlim
o‘zgarishlari, shuningdek, mintaqadagi asosiy daryolar suv oqimining katta
qismini tashkil qiladigan Pomir va Tyan-Shan tog‘laridagi muzliklar
erishining tezlashuvi – bular Orol fojiasi keltirib chiqargan og‘ir
oqibatlarning bir qismi, xolos.
Aynan shu sababli mintaqadagi transchegaraviy daryolar bo‘yida
joylashgan davlatlarning hayotiy ehtiyojlarini azal-azaldan ta’minlab
kelgan suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bugungi kunda
alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda mintaqaning 6
davlatida istiqomat qiluvchi 50 milliondan
ziyod kishining taqdiri suv
resurslari, birinchi galda, transchegaraviy daryolardan foydalanish
bo‘yicha har tomonlama puxta o‘ylangan yondashuv va qarorlarga bog‘liq
bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston V Umumjahon suv forumining ichimlik suvidan
foydalanish imkoni insonning eng asosiy huquqi ekani, suv taqchilligi
energetik va moliyaviy inqirozdan ko‘ra xavfliroq ekani to‘g‘risidagi
qarorini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, suv resurslarining yalpi
taqchilligini, halokatli texnogen,
ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni
keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan loyihalarning amalga oshirilishi suv
resurslaridan oqilona foydalanish masalasini katta xavf ostida qoldiradi.
Sug‘oriladigan dehqonchilik barqarorligi va vegitatsiya davrida suv
resurslarining yetarli darajada bo‘lishiga bevosita bog‘liq bo‘lgan oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘ta muhim bo‘lib turgan hozirgi
sharoitda bu masala ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega.
Ushbu jiddiy tahdidlarni inobatga olmaslik barqaror rivojlanish
istiqbollarini hamda Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonning o‘n
millionlab aholisining bu yerda yashashini xavf ostida qoldiradi.
Bundan tashqari, yangi ulkan gidroinshootlar qurilishi
mo‘ljallanayotgan joylar bir necha marotaba 9 balli zilzilalar sodir bo‘lgani
isbotlangan va tasdiqlangan kuchli seysmik zonada joylashgan.
Mazkur
hududda, ilgari ham bir necha bor kuzatilganidek, kuchli yer silkinishi
sodir bo‘lsa, tuzatib bo‘lmaydigan, yuz minglab odamlarning hayotini xavf
ostida qoldiradigan texnogen halokat yuz berishi mumkin.
Bugun insoniyat oldida tabiatni hozirgi va kelgusi avlodlar uchun
asrab-avaylash, uni odamlar turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan,
tabiatdan foydalanish bo‘yicha shakllangan tizimni buzishi mumkin
www.ziyouz.com
kutubxonasi
171
bo‘lgan xavf-xatar va tahdidlardan himoya qilishdek muhim vazifalar
turibdi.
Shu ma’noda mintaqamiz xalqlari uchun transchegaraviy daryolardan
umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlar va qoidalar
asosida foydalanishni
kafolatlaydigan, har bir tomon uchun tenglik, o‘zaro manfaat va adolatni
ta’minlaydigan samarali mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarini yaratish
hayotiy muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish, mintaqaviy va global darajada
gidrologik balansni saqlash, suv resurslarini asrash va tejash,
suvdan
foydalanish hajmini kamaytirishni ta’minlovchi dehqonchilik tizimini
takomillashtirish, suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish,
suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish – bular hayotning
o‘zi oldimizga qo‘yayotgan g‘oyat muhim masalalar bo‘lib, bizdan alohida
e’tibor va o‘zaro manfaatli muhokamani talab qiladi.
Toshkent mintaqaviy konferensiyasi yakunlari kelgusida BMTning
Mingyillik rivojlanish maqsadlari dasturi ijrosini ta’minlash yo‘lidagi
samarali hamkorligimiz uchun mustahkam asos bo‘ladi va VI Umumjahon
suv forumiga tayyorgarlik ko‘rishga salmoqli hissa qo‘shadi, deb ishonch
bildirishga ijozat bergaysiz.
Konferensiyaning barcha ishtirokchilari
ishiga yuksak samara va
muvaffaqiyatlar, kelgusidagi muhim va xayrli faoliyatiga zafarlar tilayman.
Samimiy ehtirom bilan
Do'stlaringiz bilan baham: