«Hech shak-shubha yo‘qki, men ham
sizlar kabi odamdirman»
(Kahf surasi, 110-oyat).
5. Zikr qilinayotgan hazora xususiyatlaridan o‘ziga xos oxirgisi – ajoyib diniy erkinlik
bo‘lib, din ustiga qurilgan biron-bir hazora bunday erkinlikni bilmaydi. Biror dinga
ishonmagan va ilohga iymon keltirmagan kishi, agar barcha dinlarga barobar nazar bilan
qarasa va har qanday din ahllariga bir xil to‘g‘ri muomala etsa, bu hol albatta ajib
tuyulmaydi. Lekin dinining haq ekaniga ishongan, aqidasining eng to‘g‘ri va eng sog‘lom
aqidalardan ekaniga shubhalanmagan, so‘ngra unga qilich ko‘tarib, mamlakatlarni fath
etish va hukmron bo‘lish imkoniyati berilgan, lekin diniga bo‘lgan imoni, aqidasiga
bo‘lgan e’tiqodi, hukmda jabr qilmaslikka, adolat yo‘llaridan og‘maslikka yoki odamlarni
diniga majburlamaslikka undagan din egasining tarixda bo‘lgani nihoyatda ajablanarlidir.
Tarixda bir hazoraning din ustiga qurilgani va uning qoidalari din asoslariga bino
bo‘lgani, so‘ngra u eng erkin, eng adolatli, eng rahmli va eng insoniy hazora sifatida
qolgani qandayin ajoyib!..
Mana shular Islom hazorasining insoniyat tarixidagi boshqa hazoralardan farqi va
xususiyatlaridir. Bu hazora hukmda, dasturda, poklashda va ta’limda kuchli bo‘lgan
paytda u jahon hayratini qo‘zg‘adi, jinsi va dinidan qat’iy nazar erkin va zakiy
kishilarning qalb to‘ridan joy oldi. Ammo u tanazzulga yuz tutib, o‘rniga boshqa hazora
barpo bo‘lgach, uning qadr-qimmatini chamalashda nuqtai nazarlar (qarashlar) turlicha
bo‘lib qoldi. Endi uni kamsitadiganlar ham, unga qoyil qoladiganlar ham bor. Fazilatlari
haqida so‘zlaydiganlar ham, kamchiliklari to‘g‘risida og‘iz ko‘pirtiradiganlar ham bor.
Bugungi kundagi g‘arb bilimdonlarining nuqtai nazarlari (qarashlari) ana shunday.
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
Yangi hazora ajoyibotlari, ixtirolari va ilm ufqidagi yangi kashfiyotlariga solishtirganda
Islom hazorasi pastga urilayotgan bo‘lsa, u holda unga baho berishda insofsizlik
qilinayotgan bo‘ladi. Agar haqiqatda bu fikr dalil qilinsa, bu so‘zlarni ikki sabab tufayli
oqlab bo‘lmaydi.
Birinchisi, har bir hazora ikki asosiy unsur: ruhiy-axloqiy va moddiy unsurdan tashkil
topadi.
Moddiy unsurda har bir hazora so‘zsiz oldingisidan ustun bo‘ladi. Bu hayot va
vositalarining rivojlanishidagi Allohning joriy qonunidir. Oldingi hazoradan keyingisi
qo‘lga kiritgan yutuqlarga ega bo‘lmoqni talab qilish ahmoqlikdir. Agar bu mumkin
bo‘lganida, Islom hazorasi o‘zidan oldin o‘tgan barcha hazoralarni kamsitishi kerak edi.
Chunki u ham hamma hazoralar singari o‘zidan oldingilarda bo‘lmagan hayot vositalari
va taraqqiyot ko‘rinishlariga ega edi. Demak, moddiy unsur hech qachon ustunlik asosi
bo‘la olmaydi.
Ammo ruhiy-axloqiy unsur esa hazoralarning barhayotligi garovidir. U o‘z vazifasi
(missiya) bilan insoniyatni saodatmand qilishga, xavf va alamlardan uzoqlashtirishga
xizmat qiladi. Islom hazorasi bu maydonda sobiq va kelajak barcha hazoralardan o‘zib
ketgan. U shunday cho‘qqini zabt etganki, tarix bosqichlaridan hech birida uning tenggi
topilmaydi. Mana shuning o‘zi uning barhayot ekaniga yetarlidir.
Ikkinchisi, albatta, hazoralar moddiy o‘lchovlar, sanoqlar va masofalar bilan yoki
yeyish, ichish va kiyish kabi moddiy farovonlik bilan bir-biriga solishtirilmaydi. Balki u
xuddi urushlarda bo‘lganidek, insoniyat tarixida qoldirgan izi bilan muqoyasa qilinadi.
Urush ham ma’raka maydonining (front chizig‘ining) kengligi yoki ishtirokchilarning
adadi bilan o‘lchanmaydi. Qadim va o‘rta asr tarixlaridagi hal qiluvchi urushlar agar
ikkinchi jahon urushi bilan qiyoslansa, qo‘shin adadi va urushish vositalari jihatidan
arzimas urushlarga aylanib qoladi. Lekin ular hanuzgacha tarixda chuqur iz qoldirgan,
ahamiyatli urushlardan sanaladi. Masalan, Koni urushida mashhur Karfagen sarkardasi
Gannibal rimliklarni mag‘lubiyatga uchratgani Ovro‘paning harbiy maktablarida o‘rgatib
kelinadi. Yoki Xolid ibn Validning Iroq va Shomni fath etishi hanuzgacha g‘arb harbiylari
tarafidan o‘rganiladi va ularni hayratga soladi. Bular harbiy futuhotlar tarixining oltin
sahifalari sanaladi. Qadimiy bo‘lishi bilan birga Koni, Bad, Qodisiyya va Xittin urushlari
tarixda hal qiluvchi ma’rakalar sifatida tanilgan.
D
arhaqiqat, Islom hazorasi insoniy rivojlanish tarixida muhim rol o‘ynagan. U aqida,
ilm, hukm, falsafa, san’at, adabiyot va boshqa maydonlarda o‘zidan keyingi hazoralar
yetolmagan, ta’sirli va cheksiz qiymatli iz qoldirgan. Bu nimada aks etgan? Uning
qanday ahamiyati bor?
Barhayot Islom hazorasi izlarini beshta asosiy maydonda umumlashtirish mumkin:
Birinchisi – aqida va din maydonida. Ovro‘pada yettinchi asrdan to yangi uyg‘onish
davrigacha yuzaga kelgan diniy isloh harakatlarida islomiy hazora asoslarining chuqur
izi bo‘lgan. Zero, Allohning birligini, Uning hukmronlikda tanholigini, tajassum, zulm va
nuqsondan xoli ekanini e’lon etgan, Islomning, shuningdek, insonning ibodatda, Allohga
bog‘liqlikda va Uning shariatini «din kishilari» vositachiligisiz tushunishda mustaqil
ekanini e’lon etishi millatlar ongining ushbu kuchli va ajoyib asoslar tomonga
yo‘nalishida katta omil bo‘ldi. O’sha kunlarda xalqlar shiddatli mazhabiy kurash va
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |