ar-RA’Y ("qarash", "fikr", "hukm qilish") - fiqhda asosan faqihning mustaqil fikrini yoki
hukmini anglatib, shunga asosan uning qandaydir huquqiy qaror chiqarishi. Ar-R.
tushunchasi xalifa Umar (ra) davri (634—644)da paydo bo‘lgan Umar (ra) sahobalardan
Abdulloh ibn Mas’udni Iroqqa hakamlik va dindan ta’lim berish uchun jo‘natayotganda
"qanday ko‘rsang va xohlasang" (bi-r-ra’y va n-nazar) shunday sud qilish haqida
ko‘rsatma bergan. Xalifa shu bilan birga ar-R. deganda qiyos bo‘yicha ish ko‘rish va
jamoatchilik foydasi (al-maslaha) nazarda tutilishini aytgan. Abdulloh ibn Mas’udning
Iroqdagi izdoshlarini "mustaqil fikr tarafdorlari" (ashob ar-ra’y) deb Madina faqihlarini
"rivoyat tarafdorlari" (ashob al-hadis) deb atay boshlaganlar.
Mazhablar shakllanib bo‘lgach, ar-R. tushunchasi muomaladan chiqqan, uning o‘rniga
ijtihod yoki al-qiyos tushunchasi qo‘llanilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |