MARVAZIY, Abul Fadl Muhammad ibn Muhammad as-Sulamiy al-Marvaziy, al-H a-k i m
a sh-sh a h i d (? - 945) - hanafiylikdagi yirik imom, muhaddis va faqih. Sam’oniyning
ma’lumotlariga ko‘ra, u Buxoro qozi kaloni bo‘lgan, somoniylar amiri Nuh ibn Nasrga
fiqhdan ta’lim bergan. Amir uni bosh vazir etib tayinlagan. Sam’oniy M.ning 14 ustozi
nomini keltirib, M. 60 ming hadisni yoddan bilganligini va doimo vaqtini diniy kitoblar va
ibodatda o‘tkazganligi va davlat ishlariga juda oz vaqt ajratganligni yozgan. Bu
harbiylarning noroziligiga sabab bo‘lgan va ko‘tarilgan isyon natijasida o‘ldirilgan. Fiqhga
doir 8 ta asar yozgan, ular Abu Hanifa kitobidan so‘ng eng e’tiborli kitoblar sanalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |