MAJLIS (ko‘pligi - majolis) - o‘tirish joyi; predmet ma’nosida - o‘rindiq, kursi; kengash,
yig‘ilish joyi; mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xona (masjid, madrasa va b.da); auditoriya;
dars, ma’ruza; dars, ma’ruzani yozib borish; qabul, audientsiya (qabul marosimi); qabul
zali; kengash, yig‘ilish, uchrashuv, kompaniya. Turkiya va Eronda yangi davrda M.
vakolatli muassasani (parlament, palata, kengash) anglatadigan bo‘lgan; hozir ham shu
ma’noda bir qator arab va musulmon mamlakatlarida qo‘llaniladi.
MAJUSIYLIK - 1) Majusiy - quyosh yoki olovga sig‘inuvchi odam. Islom dini kelmasdan
burun ajam xalqdari M. e’tiqodiga mansub edilar. M. kalimasi kuyosh yoki olovga
sig‘ingan kishilarda hozirga qadar atama sifatida qo‘llaniladi. 2) yakkaxudolik
(monoteizm) paydo bo‘lgunga qadar vujudga kelgan diniy e’tiqodlar, marosim va
bayramlarni ifodalash uchun ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |