JIRJIS - musulmon rivoyatlarida zikr etilgan shaxs. Allohga e’tiqod qiluvchi falastinlik
taqvodor, Iso (as) havoriylaridan birining shogirdi. J. e’tiqodi yo‘lida zolimlardan panoh
izlab Iroqqa, zolim, butparast Mosul podshosi huzuriga keladi. Podsho uni e’tiqodidan
qaytarish uchun turli azoblarga soladi, lekin J. ularga osonlikcha bardosh beradi. Shunda
uni qayta-qayta qatl qiladilar, lekin har bir qatldan so‘ng Alloh uni tiriltirgan. J. uchun
Alloh yana boshqa mo’jizalarni ham namoyish etadi - kambag‘al bechora kampirning
o‘lgan ho‘kizlarini tiriltiradi, o‘liklarni qabrdan turg‘izadi, yog‘och kursilarni daraxtga
aylantiradi va b. Pirovardida Alloh mal’un podsho va uning shahrini yo‘q qilib tashlaydi.
J. haqidagi rivoyatlar xristianlikdagi avliyo Georgiy haqidagi rivoyatlar bilan
hamohangdir. Musulmonlarda u Hizr va Ilyos nomlari bilan birga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |