www.ziyouz.com kutubxonasi
7
ABRAXA (habashcha Ibrohim) - Yaman hokimi. Rivoyatga ko‘ra, A. Yamanda
hukmronlik qilib turgan vaqtda Sa’no sh.da Qullays nomli bahaybat xristian cherkovini
barpo etib, xalqni Makkaga borib haj qilmasdan, uni ziyorat qilishga da’vat etgan. Lekin
Yaman ahdi Makka ziyoratini tark qilmagan. Shunda A. Ka’bani vayron qilish uchun fillar
bilan hujum boshlagan (A. shuning uchun Sohib ul-fil laqabini olgan). Alloh taoloning
qudrati bilan uning qo‘shini ustiga to‘p-to‘p qushlar uchib kelib, tosh parchalarini
yog‘dirib fillarni ham, lashkarlarni ham halok etgan. Bu voqea Muhammad (sav)
tavalludlaridan bir oz oldin bo‘lib o‘tgan. Qur’onning 105-surasi "Fil" nomi bilan atalishi
va Muhammad (sav) "Fil" yilida tug‘ilgan deyilishining sababi ham shu.
Do'stlaringiz bilan baham: |