SHAYX (arab. - keksa, oqsoqol; qabila, urug‘, oila oqsoqoli) - islom dini tarqalgan
mamlakatlarda avval bilimdon kishilar, olimlar, so‘ngra ruhoniylar, ulamolar, faqihlar.
Keyinchalik so’fiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari ham
Sh. deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urug‘, qabila boshliqlari, katta patriarxal
oila oqsoqollari Sh. deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir Sh. oliy diniy
maktablarning mudarrislari va yirik ulamolarning unvoni sifatida ham qo‘llaniladi. O’rta
www.ziyouz.com kutubxonasi
343
Osiyoda Sh. ko‘pincha muqaddas mozorlar va qadamjolarda sadaqa va nazr-niyoz olib
turadigan ruhoniylar tabaqasiga nisbatan ishlatilgan.