VAHHOBIYLIK - islom dinining hanbaliy mazhabidagi oqim. Arabiston ya. o.ning
markaziy qismida 18-a. o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Asoschisi - Muhammad ibn
Abdulvahhob. U 1703 y. Uyayna degan joyda, qozi oilasida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni
o‘z otasidan olgach, o‘spirinlik yillari Arabiston va ko‘shni o‘lkalar bo‘ylab ko‘p safar
qilgan. Ibn Abdulvahhob aqoidda Ibn Taymiya, Ibn al-Qayyim va Ibn Kasirga ergashdi.
Muhammad Ibn Abdulvahhob diniy targ‘ibotni taxm. 1730 y.da boshlagan, o‘z otasining
vafotidan (1740) so‘ng uni faollashtirgan, chunki ota-o‘g‘il o‘rtasida da’vatning uslubi
xususida ixtilof bo‘lgan. Turk tilidagi tadqiqotlarda Ibn Abdulvahhob uzoq yillar ingliz
josusi bilan hamkorlik qilgani haqida dalillar mavjud. V. tarafdorlari fikricha, faqat Alloh
ma’bud va islomning manbai faqat Qur’on va Sunnadir. Muqaddas joylarni ziyorat qilish,
aziz-avliyolardan duolarda shafoat yordam tilash shirk hisoblanadi. Musiqa, qo‘shiq va
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |