www.ziyouz.com kutubxonasi
263
SAHIH (arab. ishonchli, to‘g‘ri) - eng ishonchli deb hisoblangan hadis nomi. O’rta
asrlarda hadislarni to‘plash bilan shug‘ullangan muhaddislar ularni din nuqtai nazaridan
haqiqiy va nohaqiqiylarini ajratish (ya’ni, kodifikatsiya qilish) bilan shug‘ullanib, hadislar
asoslangan isnodni tekshirish yo‘li bilan sahih (ishonchli), hasan (yaxshi) va zaif (zaif,
kuchsiz)dan iborat uch toifaga bo‘lgan, ulardan sahixlarni to‘plam qilganlar. Shu
munosabat bilan ba’zi to‘plamlarning nomi ham S. deb atalgan (mas., "S. i Buxoriy", "S.
i Muslim"). S. hadis deb: uning sanadi to oxirgi muhaddisga qadar o‘rtada uzilib
qolmagan, sanadning biror tabaqasidagi roviyning ma’naviy nuqsoni bo‘lmagan (kar,
soqov, duduq yoki akd zaiflik, yoki yolg‘on gapirib qo‘yishlik kabi illatlar bo‘lmagan),
sanadning biror tabaqasida roviy yolg‘izlanib qolmagan va barcha sanaddagi roviylarning
ishonchliligi elga mashhur bo‘lgan kishilarning rivoyatiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |