ABROR (arab. - yaxshilar, pok kishilar) - tasavvufga ko‘ra, darajalari o‘rta hol kishilar.
Ularning darajasi avliyolardan quyi, oddiy xalqdan yuqori hisoblangan. Ular Allohning
buyruqlarini o‘rtacha bajaradilar, man qilgan ishlaridan saqlanib yuradilar.
ABU (arab. - ota so‘zining izofa holatidagi shakli) - arablar va b. musulmon xalqlarda
ko‘pchilik kunyalarning tarkibiy qismi. Mas., Abu Nuvos, Abu Rayhon Beruniy, Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy va b.
ABU BAKR VARROQ, Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Varroq (? - 907) -faqih.
Balxdagi Ayoz mahallasida tavallud topgan. Islomdan tashqari yahudiylik va xristian
dinlaridan ham mukammal bilimga ega bo‘lgan. Ilohiyotga doir o‘nga yaqin asar,
jumladan "Kitob al-ixlos", "Kitob al-xuruf", "Kitob al-ajab", "Kitobi Xadiqat al-botin" va b.
muallifi. Mahmud ibn Valining yozishicha 907 y. Siyohjird qishlog‘ida vafot etgan,
Termizdagi Mashohid degan joyda dafn etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |