DOMLA - diniy maktab va madrasalarda talabalarni o‘qituvchi shaxs; din va shariat
peshvosi. "D." so‘zi qachon iste’molga kirgani haqida biron ishonchli manba yo‘q. Lekin
"D." "mullo" so‘zidan olinib, uning asosida sanskritcha "dodo" (ota) so‘zi yotadi. Dastlab
"mullo" so‘zi oldiga "dodo" so‘zi qo‘shilib "dodomullo" deyilgan, so‘ng qisqartirib
"domullo" ("katta mulla") bo‘lgan.
DOR ul-BAQO (arab. boqiylik uyi) - islom dinida abadiylik dunyosi, oxirat (narigi dunyo)
haqidagi tushuncha. Bunga ko‘ra, u joyda o‘lim yo‘q, doimiy yoshlik hukm suradi, noz-
ne’matlar zavol topmaydi, taomlar o‘z-o‘zidan hazm bo‘ladi, chiqindilar bo‘lmaydi.
Qur’onda oxiratning abadiyligiga dalolat qiluvchi oyatlar bor.
DOR ul-ISLOM ("Islom hududi") - dor ul-harb. zid ravishda mamlakat hayoti to‘laligicha
shariat yo‘li bilan tartibga solib turiladigan, musulmon hukmdorlari qo‘l ostidagi barcha
musulmon mamlakatlarning umumlashma belgisi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |