Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Download 220,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/51
Sana11.03.2022
Hajmi220,42 Kb.
#489576
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
Har parishon so‘zki yozdim, yo Karim, 
Baridin astag‘firulloh, al-azim. 
Buyuk iste’dod va bemisl fikriy quvvat hosilasi bo‘lmish bu misralardan orttirib so‘z aytish mahol 
edi.
Dunyodan ketar kishining bundan marg‘ubroq so‘z aytishi ham mahol edi.
Professor Ziyoning ko‘zlariga yosh quyilib keldi. Yodida esa ulug‘ mutafakkirning so‘ng misralari 
xuddi quyun kabi chirpirak bo‘lib aylana boshladi: 
 
Har parishon so‘zki yozdim, yo Karim, 
Baridin astag‘firulloh, al-azim...
8
 
BO‘RON 
Bag‘rida rahmat yomg‘irlarini olib keluvchi bulutlarni haydab esadigan shamol bu gal boshqa 
bulutni – falokat bulutini olib kelmoqda edi. 
Ummon ustida u shu qadar zo‘raydiki, balandligi o‘ttiz metrlik to‘lqinlarni hosil qildi, sohilga 
yaqin joylarda esa girdoblar ko‘kka ajdar kabi sapchidi, millionlab baliqlar shu to‘lqinda halok 
bo‘ldilar, girdob ularni bir necha kilometr balandga ko‘tarib, sohildan yuzlarcha chaqirim ichkariga – 
chorva maydonlariga olib borib tashladi. 
Tailand sohillariga dam olishga kelgan sayyohlarning ko‘pchiligi to‘fon ostida qolib ketdi. Bir 
tomondan yopirilib kelgan to‘qqiz qavatli uy balandligidagi to‘lqinlar, ikkinchi tomondan hosil bo‘lgan 
ulkan girdob sohilning ichkari qismida joylashgan otellarni ham vayronaga aylantirdi. Qiziqish tufayli 
bo‘ronga qarshi chiqqan va uning qarshisida tili kalimaga kelmay qolgan allaqanday zamonaviy 
yoshlar to‘dasi ham xasday sovurilib ketdi, ularning jasadlari keyinchalik ham topilmadi.
Dunyoning kayfu safo markazlaridan biri hisoblangan Tailand sohillari tamomila vayronaga 
aylandi. 
Shamol va quyun shundan so‘ng Osiyo cho‘llaridagi millionlab tonna qumni ichidagi jonzotlari va 
nabototi bilan qo‘shib samoga ko‘tarib ketdi, butun samoni qum buluti enladi. Shuningdek, Kuyten-
Nayramdal cho‘qqilaridan yuz ellik chaqirim masofada joylashgan Inson takomili markazining bir 
qavatli beton binosini ham sindirib-parchalab, xizmatchilariyu yerto‘lalari, tajribaxonalariyu aqli noqis, 
mayib-majruh sun’iy urchitilgan odamlari va fazoviy aloqa qurilmalari bilan qo‘shib ko‘klarga ko‘tarib 
ketdi, ularning hammasi qum bo‘roni aro ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. 
Ichida xas-xashaklaru shox-shabbalar mayda-chuyda cho‘l jonzotlariga qo‘shilib chirpirak bo‘lib 
aylanayotgan, girdoblari ulkan jonli ilonlar kabi yerdan ko‘kka cho‘zilgan bo‘ron, sahroning har bir 
qadamini g‘oyatda sinchkovlik bilan «titib» chiqib, hozir nishonini «yo‘qotib» qo‘ygan va bir-birlariga 
tashlanishga shay turgan harbiy uchoqlar tomon shiddat bilan yaqinlashib bormoqda edi. Ana shu to‘s-
to‘polon ichra zamindan yangi bir girdob «o‘sib-bosh ko‘tarib» chiqdi, uning tubi ingichka, yuqorisi 
esa eni yetmish kilometrlik bahaybat ajdarni eslatardi, Gobi hududida jangovar holatda turgan harbiy 
uchoqlarni ana shu girdob birpasda o‘rab-chirmab, o‘z domiga tortib ketdi.
8
Hazrat Alisher Navoiy. “Lisonut-tayr” dostonining xotimasi. 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Download 220,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish