Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc


O‘TAR    Ukam Valijonga



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

O‘TAR 
 
Ukam Valijonga 
 
Ruhingni ezadi chilla kuylari, 
Musiqa yurakdan zor bo‘lib o‘tar. 
Toshkentning yomg‘iri dovondan nari – 
Farg‘ona tomonga qor bo‘lib o‘tar.. 
 
Farg‘ona tomonlar tumanli, loyli, 
Tumani chiroyli, loyi chiroyli, 
Vo ajab, bugun ham Kumush va Layli 
Sochlari belida dor bo‘lib o‘tar. 
 
Men nima axtardim, neni izladim? 
Kimga ermak bo‘ldi go‘zal hislarim? 
Sinfdosh qizlarim, dildosh qizlarim – 
Kimlarga ko‘ngilsiz yor bo‘lib o‘tar. 
 
Marhum do‘stni o‘ylab, ortadi g‘ussam, 
Shum xayollar yovdek qaytadi, quvsam. 
Jo‘ralar tizilib kelar ko‘z yumsam, 
Bori yo‘q, yo‘qlari bor bo‘lib o‘tar. 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
 
Har kim ham o‘zini chandon ayaydi, 
Savalaganda ham ayab savaydi. 
Har kimsa o‘zini odam sanaydi, 
O‘zining yukiga nor bo‘lib o‘tar. 
 
Har kimning yomondir umr yo‘ldoshi, 
Esiz yigit yoshi, tuzsiz non-oshi. 
Farzandiga qarab egilar boshi, 
Keng dunyo ko‘ziga tor bo‘lib o‘tar. 
 
Toshkentning yomg‘iri dovondan nari – 
Farg‘ona tomonga qor bo‘lib o‘tar. 
Kimga tog‘ ko‘rinsa birovning qiri – 
Xor bo‘lib, xor bo‘lib, xor bo‘lib o‘tar! 
 
2001 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish