Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

 
BILGIM KELAR 
 
Bag‘rida qo‘ng‘iroqlar ko‘milib ketgan sahro, 
Necha jayronlar ag‘nab, cho‘milib ketgan sahro, 
Etiklarning qo‘njidan to‘kilib ketgan sahro, 
Sahro, mening alamim kimniki, bilgim kelar. 
 
Shovullab turgan daryo, dovullar urgan daryo, 
Sohillar buzgan daryo, orollar qurgan daryo, 
Azaldan abadgacha qondek yugurgan daryo, 
Daryo, mening alamim kimniki, bilgim kelar. 
 
Cheksizdan cheksizgacha cho‘zilib ketgan samo, 
Yulduzlarni kaftida tangadek otgan samo, 
Ko‘ksiga quyosh botgan, oyni uyg‘otgan samo, 
Samo, mening alamim kimniki, bilgim kelar. 
 
Ey bilib turgan dunyo, ey kulib turgan dunyo, 
Shamollardan qamishdek bukilib turgan dunyo, 
Ko‘nglida yuki borga yukinib turgan dunyo, 
Dunyo, mening alamim kimniki, bilgim kelar. 
 
Begonaga gina yo‘q, gina qilmasman aslo, 
Sen yor topding munosib, mening yorimdir xudo. 
Seni eslagim kelmas, qiynalgim kelmas, ammo, 
Ammo, mening alamim kimniki, bilgim kelar. 
 
1994 
 
KO‘RDIM 
 
Vohada gullagan bog‘ ko‘rdim, 
Bog‘ ichra gulsiz bir shox ko‘rdim. 
Yurakka qaradim – dog‘ ko‘rdim, 
Sochingda bir tola oq ko‘rdim. 
 
Og‘ridi ko‘nglimning eng tubi, 
Unutib edimmi mahbubam? 
Bu, balki, bitmagan maktubim, 
Sochingda bir tola oq ko‘rdim. 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
 
Oshiqib o‘tdim men, dil shoshdi, 
Meni kapalaklar aldashdi. 
O‘zimdan ketdimu adashdim, 
Sochingda bir tola oq ko‘rdim. 
 
Bir umr intilib nurga men, 
Bir tolim nur topdim zo‘rg‘a men. 
Bu mening aybimmas, to‘g‘rimi?.. 
Bu mening aybimmas, to‘g‘rimi?.. 
 
Sochingda bir tola oq ko‘rdim... 
 
1994 
 
BARMOQLARING 
 
Barmoqlaring biram nozik, 
Labing, ey bokiram, nozik. 
Yurakda bor yaram nozik – 
Bu ham inoyatdir manga. 
 
Olov ko‘rdim andalibni, 
Sani gul deb aldanibdi. 
«Ayt, yoqmasin bul g‘aribni...» – 
Sandin shikoyatdir manga. 
 
Bahrasizman bo‘ylaringdan, 
Xabarsizman o‘ylaringdan. 
Ketolmasman ko‘ylaringdan – 
Bu yo‘l hidoyatdir manga. 
 
Sitamlaring agar ozdir. 
Kerak – bog‘la, kerak – ostir! 
Jabru jafolaring rostdir, 
Vasling rivoyatdir manga. 
 
Umidim bor, diling topsam, 
Bir qaro kun qo‘ling o‘psam, 
O‘pib so‘ngra o‘lim topsam, 
Ushbu kifoyatdir manga! 
 
1994 
 
 
 
 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish