Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
KUZDA 
 
Kuzda uchib ketar baxt qushlari ham, 
Omad ham betayin qushga aylandi. 
Kecha tuyg‘ularni ko‘klatgan ko‘klam 
Bugun jon so‘ragan qishga aylandi. 
 
Sharob ichmay turib, yurardim sarxush, 
Boshimdan yulduzni elardi gardish. 
Kunlarim kechardi ko‘rgan kabi tush, 
Endi o‘sha kunlar tushga aylandi. 
 
Men ham ishonmasdim, avval aytsalar, 
Tovonim silagan mayin maysalar 
Yotsam, yuragimga urar nayzalar… 
Qosh kabi maysalar nishga aylandi. 
 
Sen neni bilasan, osmondagi qiz? 
Bahorday bildirmay qariydi bu his. 
Esiz, yoshligimiz, sevgilarimiz… 
Bugun sevgi oddiy ishga aylandi. 
 
2005 
 
AYLANAY 
 
Ko‘zmunchog‘ing qo‘yma asta, dildorim, 
Ay, aylanay, noziknihol qaddingdan. 
Kuzagimni xushbo‘y etgan bahorim, 
Ay, aylanay, atirgulim, atringdan. 
 
Ikki ko‘zim manim, ikki dagarim, 
So‘zi navvot, qiliqlari shakarim, 
Mirzo Ulug‘begim, Mirzo Anvarim, 
Ay, aylanay, sabza urgan xattingdan. 
 
Mayiz bo‘lib saratonda kuygan el, 
Bolasidan dalasini suygan el, 
Yaxshi kunni faqat to‘yga qo‘ygan el, 
Ay, aylanay, kiprikdagi gardingdan. 
 
Ba’zan ko‘ngil uchun ko‘ngil so‘ralar, 
Kim termular, kimdir sekin mo‘ralar, 
Ay, do‘stlarim, ulfatlaru jo‘ralar, 
Ay, aylanay, nomardingu mardingdan. 
 
Omon edi orzu, tilagim kecha, 
Tangrim, boqding chuqur yuragimgacha, 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
Bedavo dard berding suyagimgacha, 
Ay, aylanay, tanlab bergan dardingdan. 
 
 
2002 
 
 
OVORA 
 
Yaqin ham kelolmay, uzoq ketolmay, 
Yerning atrofida yo‘ldosh ovora. 
Zaminni bir tekis chaman etolmay, 
Milliard yil nur sochib quyosh ovora. 
 
Bahor sizga bermish guldan zeb, sarpo, 
Menday o‘tkinchiga endi ne parvo. 
O‘yin bilan bandsiz sho‘x va beparvo, 
Xinoli barmoqqa to‘ptosh ovora. 
 
Qizbola bosh bilan dunyoni anglab, 
Aql bilan chertib, olasiz tanlab. 
O‘zlarin dardlarin o‘zlari tinglab,  
Menday necha telba, bebosh ovora. 
 
Qachonki, o‘zandan uziladi suv – 
Uch kun to‘xtab qolsa, buziladi suv. 
Yuragim ostida eziladi suv, 
Ko‘zimga chiqolmay ko‘zyosh ovora. 
 
2003 
 
 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish