ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA SO`Z QO`LLASHDAGI
O`ZIGA XOSLIKLAR
Matnazarova Dilrabo Maxsudbekovna,
NamDU lingvistika (o`zbek tili) 1-kurs magistranti
Ilmiy rahbar: f.f.n Boboxonova Dilorom
Tel: +998(99)519-02-20
Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Oripov lirikasida so`z qo`llashdagi o`ziga xosliklar shoir she’rlari misolida ochib berilgan. Tahlil uchun shoirning “Vafo qilarmisan bahorim”, “Men nechun sevaman O`zbekistonni”, “O`zbek onasi”, “Ayol”, “Sen bahorni sog`inmadingmi?” she’rlaridan parchalar keltirilgan.
Kalit so`zlar: Abdulla Oripov, “Vafo qilarmisan bahorim”,“Men nechun sevaman O`zbekistonni”, “O`zbek onasi”, “Sen bahorni sog`inmadingmi?”, “Ayol”, sinonim, assonans, eskirgan so`z.
“Аbdulla qaysi bir mavzuga qo`l urmasin, nima haqda sheʼr yozmasin, uning ko`zi oldida Ulug` Vatan turadi, o`sha ulug` Vatanning farzandi sifatida qo`liga qalam oladi. Shu sababdan uning sheʼrlari doim hayotbaxsh, pafosi baland, ovozi dadil, ruhi tetik” 1 deb yozadi Matyoqub Qo`shjonov. Haqiqatan ham, O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodi zamonaviy o`zbek adabiyotida alohida o`rin tutadi. Uning lirik she’rlari, dostonlari va tarjimalari fikrning chuqur va teran falsafiyligi, xalqchilligi, milliy til va milliy ruh yaxlitligining go`zal namunasi sifatida hayratlanishga loyiqdir. Аbdulla Oripov sheʼriyatining oʼziga xos tomonlari haqida soʼz yuritilar ekan, uning sheʼrlarini xalqqa manzur qilgan xususiyatlaridan biri uning xalqchilligida, xalq tilida yozilganligidadir. Shoir she’rlarida xalqining orzu- umidlarini, quvonch va qayg`ularini badiiy mahorat bilan tasvirlaydiki, uning she’rlari kitobxon qalbiga malham yoki taskin bo`la oladi. Shuning uchun ham uning she’rlari kirib bormagan o`zbek xonadoni topilmaydi. Abdulla Oripov lirikasining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, shoir she’rlarida so`zlarning o`z va ko`chma ma’nolarini mahorat bilan qo`llaydi, leksik sinonimlardan, tarixiy, arxaik, fonografik vositalardan unumli foydalanadiki, bunday usul shoir she’rlarining rang-barangligini ta’minlab, ularning xalqona bo`lishini, xalq ongiga muhrlanib qolishini ta’minlagan asosiy unsurlardan biri hisoblanadi. Maʼnodosh so`zlar tilning lug`aviy jihatdan boylik darajasini ko`rsatib beruvchi o`ziga xos vositadir. Tilda maʼnodosh so`zlarning ko`p bo`lishi tilning estetik vazifasini yanada to`liq bajara olishini osonlashtiradi. Bu juda qadim zamonlardan beri anglangan, idrok etilgan va o`rganilgan. O`zbek tili maʼnodosh so`zlarga juda boy. Jumladan, shoirning “Men nechun sevaman O`zbekistonni” she’rida ham buning guvohi bo`lamiz:
Men nechun sevaman O`zbekistonni
Tuprog`in ko`zimga aylab to`tiyo.
Nechun vatan deya yer-u osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
Aslida dunyoda tanho nima bor,
Paxta o`smaydimi o`zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku butun Osiyo.
Men nechun sevaman O`zbekistonni?
Bog`larin Jannat deb ko`z-ko`z etaman
Nechun ardoqlarkan tuprog`ini men
O`paman: Tuprog`ing bebaho, Vatan! 2
Yuqoridagi to`tiyo aylamoq – ardoqlamoq – muqaddas atamoq – sevmoq ko`z-ko`z etmoq; tanho – bebaho kabi so`zlarning sinonim tarzda qo`llanganligi she’rning jozibadorligini yanada oshirishga, she’rdagi har bir satrning musiqador va serjilo bo`lishiga xizmat qilgan.
Shoirning “O`zbek onasi” nomli she’rida ham leksik sinonimlarning emotsional-ekspressivlikni ta`minlovchi vosita ekanligini guvohi bo`lamiz:
Mushtipar ham o`zing, buyuk ham o`zing,
Kuyinchak ham o`zing, kuyuk ham o`zing,
Olamga tatirlik suyuk ham o`zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o`zbek onasi, o`zbek onasi.
Banddagi mushtipar-kuyunchak-kuyuk, buyuk-suyuk-olamga tatirlik kabi ma’nodosh so`zlarning badiiy tasvir maqsadiga uyg`un holda qo`llangani she’rning emotsiyasini kuchaytirishga xizmat qilgan.
Sheʼriy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki sheʼrda o`ziga xos jozibador ohang bo`ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo`llash natijasida erishiladi. Abdulla Oripov lirikasining o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri ana shu fonetik usullardan mahorat bilan foydalana olishidir. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional-ekspressivlik bag`ishlash maqsadida qo`llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Аssonans qofiyadosh so`zlar tarkibida kelib, sheʼriy nutqqa ko`tarinki ruh va o`ziga xos musiqiylik baxsh etadi. Buning yaqqol misolini shoirning “Vafo qilarmisan bahorim” nomli she’rida ko`rishimiz mumkin:
Ruhimda yo`qoldi q
Do'stlaringiz bilan baham: |