Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol
Mirzo
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
Shudring
jarangladi gulbargga tomib,
Sochlaring elkangda shovulladilar,
Ko‘zlaringni yumib... ko‘zlaringni yumib...
Shunda men o‘zimni koyidim yomon:
Nega seni yomon ko‘ribman, dunyo?
Shunda
Qudratingga
keltirdim iymon,
O‘zingga
sanolar aytdim, rabbano!
Shunda
asal isin tuydi dumog‘im,
Ko‘rdim – ellar elar kapalak quvib.
Titradi taraddud bilan dudog‘ing,
Ko‘zlaringni yumib... ko‘zlaringni yumib...
Shunda
Bor
umrimga afsuslar chektim,
Quzg‘un qanotidan yomg‘ir kutibman.
Chorak
asr yashab, yuz marta sevdim.
Oh, kimni sevishni bilmay o‘tibman!
Shunda
Ko‘zlarimni
ochdi muhabbat,
Toshqinlar o‘tdilar qalbimni yuvib.
Sevgilim,
sen endi ketmagin faqat
Ko‘zlaringni yumib... ko‘zlaringni yumib...
1993
Do'stlaringiz bilan baham: