3. AVSTRALIYADA OLIY TA’LIM VA UNING O’ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Ingliz tilida gaplashadigan mamlakat sifatida Avstraliya xalqaro
ingliz tilini o’rganish, umuman, oliy ta’lim markaziga aylanib ulgurgan.
Bu mamlakatga ta’lim olish uchun dunyoning 100 dan ortiq
mamlakatidan yoshlar tashrif buyurishadi. By yerda ular uchun barcha
sharoitlar yaratilgan. Ta’lim tizimining qulayligi ham e’tiborga loyiq.
Ammo bu mamlakatning ham o’ziga xos muammolari mavjud. Boshqa
mamlakatlarga yetuk mutaxassislarni tayyorlab beradigan bu mamlakat
o’ziga qolganda, shunday mutaxassislarga muxtoj. Bu davlatning o’zida
oliy malakali kadrlarg yetishmasligi bilan bog’liq muammo mavjud.
Bugungi kunda Avstraliyada 40 ga yaqin universitet bo’lib,
ularning ikkitasi xususiy oliy o’quv yurti hisoblanadi. Ularning asosiy
qismi davlatga qarashli. Universitetlar faqat bakalavriyat bosqichining
o’zida 2000 dan ortiq mutaxassisliklarni tavsiya etishadi.
Bugungi kunga kelib, Avstraliya oliy ta’lim muassasalarida 600
mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Ularning 84 mingi 100 dan ortiq
mamlakat vakillari hisoblangan xorijlik talabalardir.
Universitet yoki institutlarda o’qish davri 3 yil. Faqat muhandislik
va tibbiyot mutaxassisliklari uchun tahsil olish davri 4 yilni tashkil
etadi. Tahsil oxirida talabalarga bakalavr darajasi beriladi. Bakalavrlik
darajasidan so’ng, talabalar yana bir yil qo’shimcha o’qib,
magistraturaning bir yo’la ikkinchi kursiga o’qishga kirish imkoniyatiga
ega bo’ladi. Shuningdek, bir yo’la ikki yillik magistratura dasturi
bo’yicha o’qib, keyin 3 yillik doktorlik dasturida tahsil olishi mumkin.
Avstraliya universitetlarida o’quv yili taxminan fevral oyi
oxirlaridan boshlanib, noyabr oyi oxirlarida nihoyasiga yetadi. Ammo
ko’plab dasturlar asosida qabul jarayoni bir yilda ikki marta, ya’ni fevral
va iyun oylaria amalgam oshirilishi mumkin. O’quv yili ikki semestrdan
iborat bo’lib, u 18 haftani o’z ichiga oladi. Har bir semester oxirida ikki
haftalik ta’til beriladi. Oliy o’quv yurtlarida, odatda, semester davomida
4 ta fan o’qitiladi. Har bir fan uchun belgilangan miqdorda ballar yig’ib
boriladi. Bu yerda asosan, 3 dan 6 gach ball to’plash qabul qilingan.
Mazkur raqamlar ma’lum bir fanni o’rganish uchun sarflangan vaqt
kuchni belgilaydi. Talabalar o’quv yili davomida 36 ochko to’plashlari
lozim bo’ladi. Demak, bu har bir semester uchun 18 ochkodan to’g’ri
keladi. Shu tarzda talaba 3 yillik tahsil davrida 108 ochko jamg’arish
lozim. Agar talaba semestr davomida 4,5 ochkodan olsa, bu me’yoriy
hol hisoblanadi va talabaning o’qishi qoniqarli deb topiladi.
Ko’plab universitetlar qoshida tayyorlov kurslari (Foundation
Programs) mavjud bo’lib, ular xorij ta’lim muassasalaridagi o’rta ta’lim
bilan Avstraliya universitet ta’limi o’rtasida o’ziga xos ko’prik
vazifasini o’taydi. Ushbu tayyorlov bo’linmalarining alohida jihati
shundaki, universitetlar oldindan o’zlarining tinglovchilari uchun
birinchi
kursdan
alohida
o’rin
ajratib
qo’yadilar.
Tayyorlov
bo’linmalariga qabul bir yilda ikki marta – yil boshi va o’rtasida, ba’zan
uch marta amalga oshiriladi. Avstraliy universitetlarining o’ziga xos
xususiyatlaridan yana biri shundaki, ularning mavqei “yulduz” lar bilan
belgilanadi. Mamlakatdagi oily ta’lim muassasalari o’zlarining
mavqelariga ko’ra, besh, to’rt, uch yulduzli universitetlarga bo’linadi.
Avstraliya universitetlarining o’ziga xos jihatlaridan yana biri
shundaki, ular nafaqat akademik, balki kasbiy ta’lim ham beradi. Bu
narsa ko’proq amaliy faoliyatga qaratiladi. Kasbiy ta’lim, odatda,
komputer ishi, biznes, iqtisodiyot, marketing, sayyohlik va mehmonxona
ishi kabi sohalar bo’yicha taklif etiladi.
Avstraliya yoshlarining asosiy qismi universitetlardan ko’ra
kollejlarda o’qishni afzal ko’rishadi. Bu o’z navbatida mamlakat oily
o’quv yurtlarida o’qish uchun talabgorlar sonini sezilarli darajada
kamaytirib
yuborgan.
Natijada
Avstraliya
universitetlari
bu
yetishmovchilikni o’rnini qoplash uchun chet ellik yoshlarni o’zlariga
jalb etishga majbur bo’lmoqdalar. Universitetda tahsil olayotgan
talabalar orasida xorijlik fuqarolar ko’pchilikni tashkil etishi
mamlakatda o’ziga xos yangi muammolarni keltirib chiqardi. Avstraliya
o’zining bir qancha afzalliklariga ko’ra jahonning ko’plab davlatlarining
yoshlarini o’ziga jalb eta olgan. Ammo mamlakat yoshlarini oily
ta’limda taxsil olishga nima uchundir jalb eta olmayapti. Natijada
mamlakatda oliy ma’lumotga ega bo’lgan kadrlarga muxtojlik
sezilmoqda. Gap shudaki, o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra, 1996-
yildan buyon eng kamida universitet ma’lumotini talab etadigan ish
o’rinlari
42
foizga
oshgan.
Universitetga
o’qishga
kiruvchi
avstraliyaliklar soni esa bu yillar maboynia 5 foizga o’sgan, xalos.
Bunga
hukumatning
oliy
o’quv
yurtlarini
yetarlicha
moliyalashtirmasligi va xorij talabalarining jadal sur’atlar bilan
mamlakat universitetlariga jalb etilishi sabab qilib ko’rsatilmoqda.
Xorijlik talabalar o’qish pullarini to’lig’icha o’zlari qoplaydilar. Bu
hukumat uchun foydali ekani shubhasiz. Ularning sonini oshirish
maqsadida xatto talabalik vizalarini olish, o’qish yakunlanishi bilan
doimiy yashash uchun murojaat etish talablari ancha yengillashtirilgan.
Ammo bu jarayon mahalliy oliy ma’lumotli mutaxassislarning haddan
tashqari kamayib ketishiga olib kelmoqda. Oliy o’quv yurtlari
mutaxassis tayyorlab chiqaryapti, ammo ular ish o’rinlarini yetarli
ravishda band etmayapti. O’z-o’zidan ma’lumki, xorijlik talabalar, xatto
ular doimiy yashash huquqiga ega bo’lsa ham, mamlakatning o’z
mutaxassisi bo’la olmaydi.
Ma’lumotlarga ko’ra, Avstraliyada yashab qolgan imigrantlarning
63 foizi universitet ma’lumotiga ega, ammo bu ham mamlakatda mavjud
malakali mutaxassislarga bo’lgan talabni qondira olmayapti. Mamlakat
bosh vaziri Jon Xovard esa mazkur masalani boshqcharoq hal etishni
taklif etmoqda. Uning fikricha, hamma ham universitet dasturi asosida
ta’lim olishga qodir emas. Shu sababli o’rta kasbiy ta’limning avalgi
nufuzini qaytarish zarurati tug’iladi. Unga ko’ra, o’rta maxsus ta’lim
xuddi universitet ta’limidek jamiyatda o’z qadrini topishi va ish
beruvchilar tomonidan yuqori baholanishi kerak bo’ladi.
Leyboristlarning taklifiga ko’ra esa, qobiliyatli, oliy ta’lim olishga
intiluvchi
mamlakat
yoshlari
uchun
davlat
tomonidan
moliyalashtiriladigan universitet o’rinlari sonini oshirish lozim. Ularning
fikricha, shu yo’l bilan mamlakat yoshlarini oily o’quv yurtlariga jalb
qilish va qiziqtirish imkoniyati yaratiladi. Shundagina mamlakatni
universitet ma’lumotiga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash
mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |