Microsoft Word imomi a'zam buyuk imomimiz lotin ziyouz com doc



Download 448,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/56
Sana01.02.2022
Hajmi448,17 Kb.
#424632
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Alouddin Mansur. Imomi A\'zam - buyuk imomimiz

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
to‘xtalsangiz. Chunki u yoki bu shaxs haqidagi ma’lumotlarni to‘la idrok qilish uchun o‘sha shaxs 
yashagan zamon va makon to‘g‘risida bir oz tasavvur bo‘lishi kerak...
— To‘g‘ri, O‘ktambek. Biz avvalroq Imomi A’zam rahmatullohi alayhning Ko‘fada tavallud topib
o‘sha yerda dastlabki ilmiy ma’rifatlarini hosil qilganlari haqida gapirdik. Sizning savolingizga javob 
tariqasida bu sha-hardagi diniy va ilmiy iqlimning naqadar yaxshi bo‘lganligi to‘g‘risidagi 
gaplarimizga yana ba’zi qo‘shimchalar bo‘ladigan jihatlarni aytay: 
Bu shahar hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning eng ulug‘ sahobalaridan, 
Payg‘ambarimizdan keyingi ikkinchi xalifa bo‘lgan hazrati Umar ibn Hattob zamonlarida — hijriy 17 
yilda barpo bo‘lgan shahardir. Islom tarixidan ma’lumki, dinimizning dunyoga tarqalishidagi eng 
muhim davr hazrati Umar roziyallohu anhu xalifalik qilgan yillarga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Iroq 
mamlakatlarining islom askarlari tomonidan zabt etilishi ham hazrati Umarning xalifalik yillariga 
to‘g‘ri kelgan. Iroq zabt etilgandan so‘ng, hazrati Umar roziyallohu anhu hijriy 17 yilda Ko‘fa shahrini 
barpo qilishga qaror qilgan ekanlar va shu shaharda yashaydigan kishilarga islomiy ilm o‘rgatsin uchun 
suhbatimiz davomida zikr etib o‘tilgan ulug‘ sahoba Abdulloh ibn Mas’udni jo‘natgan ekanlar. 
Mana shu joyda bir e’tiborga loyiq nuqta bor. Hazrati Umar hazrati Abdulloh ibn Mas’udni 
Ko‘faga jo‘natar ekanlar, u zotning ortidan ko‘faliklarga yuborgan salomlarida mana bunday gap bor 
ekan: "Islom davlatining poytaxti Madinai Munavvaradaga musulmonlar — hammamiz Abdullohning 
ilmlariga tashnamiz. Lekin hozir o‘zimizni qo‘yib sizlarga yuboryapman Abdullohni. Sizlar 
foydalaninglar. Lekin unutmangki, Madinadagi butun sahobalar Abdullohning ilmiga muhtojdirlar". 
Demak, Abdulloh ibn Mas’udning ilmi shu darajada mukammal ekan. Bu zot Ko‘fada islomiy 
ma’rifatni shu qadar yoydilarki, natijada hazrati Umardan keyin xalifalik qilgan zot — hazrati 
Usmondan so‘ng xalifa bo‘lgan hazrati Ali Ko‘fani Islom davlatining poytaxtiga aylantirdilar. Hazrati 
Ali xalifa sifatida Ko‘faga kirib kelgan davrda bu yerda 4 ming nafardan ziyod juda yetuk bilimli 
ulamo bor edi. Bularning barchasi Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan ta’lim olgan edilar. Bu 
holatni ko‘rgan hazrati Ali: "Abdullohning mukofotini Ollohning o‘zi bersin. Ko‘fani ilmga to‘ldirib 
qo‘yibdi-ku!" deb marhamat qilganlar. 
Endi hazrati Alining o‘zlariga kelsak. Bu kishining ilm darajalari haqida Rasululloh sallallohu 
alayhi vasallam, "Ilm shahri bo‘lsa u — menman, bu shaharning darvozasi Alidir", degan edilar. 
Ummati Muhammadiya ichidagi eng bilimdon kishilardan bo‘lgan hazrati Ali Abdulloh ibn 
Mas’udning Ko‘fa shahridagi mehnatlarini yuqorida aytilganidek, yuqori baholagan ekanlar. 
Hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayh mana shunday iqlimda unib-o‘sganlar... Rivoyatlarda 
keladiki, Imomi A’zamning bobolari Zuto otalari Sobitni go‘daklik chog‘ida hazrati Alining oldiga 
olib borib, o‘g‘limning haqiga duo qiling, deb iltimos qiladi. Shunda hazrati Ali roziyallohu anhu, 
o‘g‘lingga Olloh muborak zurriyot ato qilsin, deb duo qilgan ekanlar. Mana shu ulug‘ sahobaning 
duolari ijobat bo‘lib, Sobitga — Zutoning o‘g‘li Sobitga Olloh No‘‘mon degan farzandni ato qildiki, 
bu Siz bilan bizning imomimiz Imomi A’zam No‘‘mon ibn Sobit Abu Hanifadirlar. 
Shunday qilib, Imomimiz diniy ilmda mukammal bo‘lib, xususan, hadis ilmida ham shu qadar 
mahoratli bo‘lgan ekanlarki, bu haqda Hasan ibn Ziyod degan zot, Imomi A’zam shaxsan 4 ming hadis 
rivoyat qilganlar, deydilar. Shu to‘rt ming hadisning teng yarmini ustozlari Hammod ibn Sulaymondan 
rivoyat qilganlar, qolgan 2 mingini boshqa tobeinlardan rivoyat qilganlar, deb aytganlar. Bu 
Imomimizning hadis ilmidagi mahorati haqida zamondoshlarining e’tirofidandir. Ko‘fa shahridagi bu 
go‘zal iqlim Imomi A’zam tug‘ilgan davrga to‘g‘ri kelgan edi. Bu davrda suhbatimizning avvalida 
aytganimizdek, Ko‘fada 1500 sahoba yashagan edi. Demak, bu sahobalarning ilmlaridan bahra olgan 
imomimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh shunday ilmda tengsiz bir maqomda hammaga ustoz 
bo‘lib, nafaqat oddiy musulmonlarga, balki din peshvolari bo‘lgan mujtahid ulamolarga ham ustozlik 
darajasiga chiqqan ekanlar. Ulamolardan biri hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayhni eng kamida 
83 mingta masala aytganlar, deydilar. Bu - to Qiyomat so‘ralishi mumkin va lozim bo‘lgan hamma 
masalalarga Imomi A’zam javob aytganlar, deganidir. To‘rt mazhab ichida Imomi A’zamning mazhabi 


Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz 

Download 448,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish