www.ziyouz.com kutubxonasi
55
farishtalar muvakkil qilib qo’yiladi. Har bir bosgan qadamlari toat-ibodatga hisob, agar shu holda
boqiy dunyoga borsa, imon bilan shahidlar maqomida boradi.
Shuningdek, bomdodning sunnatini hamda vitr na-mozini uyda yoki o’z hujrasida ado etish ham
foydali amallardan biri hisoblanadi. Agar namozni jamoatda o’qiyotgan bo’lsa, vitrni jamoatda
o’qimog’i zarur bo’ladi. Janob Rasululloh (s.a.v.):
-Bomdod namozining sunnati bu dunyo va dunyodagi barcha narsalardan afzaldir,- deganlar. Bu
muborak hadis sunnat namozining ulug’ darajada ekaniga dalildir.
Dunyo gap-so’zlarini iloji boricha tark etadi, ayniqsa namozlar orasida, vitr namozidan keyin, sunnat
va farzlar orasida dunyo gap, barcha fe’llarni to’xtadi.
Х
otin-qizlar bilan zarurat bo’lgandagina gaplashadi. Ammo gapini cho’zib yubormaydi. Ayollarni
orzu-havaslari bisyor bo’lgani ularning suhbati dunyo mu-habbatini ochib qo’yishi mumkin. Bu eng
ulug’ balolardandir.
Lag’v, ya’ni dunyo oxiratga foydasi bo’lmagan, balki zararli barcha so’z va harakatlarni tashlamog’i
kerak bo’ladi. Chunki, bu o’ziga bildirmay gunohlarga yetakla-shi mumkin. Bezoridan
Х
udo bezor.
Donishmandlar:
kim bu dunyosiga ham, oxiratiga ham keragi yo’q, befoyda ish, gap-so’zlar bilan shug’ullansa,
jamlagan hamma yaxshiligidan ayriladi,- deganlar. Donishmand Buzrugmehr:
-Agar ko’p gapiradigan kishini ko’rsang, uning majnun ekaniga, aqli zaiflashib qolganiga aniq
ishonavergin!- deb hikmat sochgan ekanlar.
Hazrat Ali karramallohu vajhah bu haqda shunday deganlar:
-Bilgilki, aql kamol topsa, og’iz so’zga ochilavermaydi.
Zero, gapirsa hikmat va foydali gaplarni gapiradi. Axloqqa oid kitoblarda bu to’g’rida she’r bor:
Aqlning kamoliga belgi tafakkurlik sukut erur,
Т
ilning otganin bil durru-hikmat, bebaho yoqut erur.
Har neki, til o’zidan otdi, sohibiga axmoq nom otdi.
-Agar kishining aqli kamol topsa, gaplari kamayadi. ko’p tafakkur qilib, o’lchab, kesib gapiradigan
bo’ladi. Kishining axmoqligiga ishonch hosil qilavergin, gar u ezma bo’lsa, bo’lar bo’lmasga ohiz
juftlovchi bo’lsa.
Nutq inson ziynati, ko’rki. Jim turish, sukut saql.a-moq esa salomat va tinchlikdir.
Gar so’zlasang oz so’zla va lekin soz so’zla! Shahar bekor qolmasinga yaratilgan, vaysaqi zinhor
bo’lma! Jim turish, sukutimga bir marta nadomat chekdim, jonim rohatda bo’ldi. Ammo gapirib, ko’p
nadomat chekdim, jonim rohat topmadi.
Ushbu duolarni ko’rsatilgan vaqtlarda o’qishni odat qilish kishi rizqiga ziyodalik va barakotlarni
keltiradi.
1. Har kuni tong kirgandan keyin namoz vaqtigacha yuz marotaba:
Do'stlaringiz bilan baham: |