www.ziyouz.com kutubxonasi
21
oxiri javob oladi. Chunki, har ishga jiddiy kirishilsa, uning samarasiga erishiladi.
Yana debdilarki, orzu-umidlarga chekkan mashaqqatlarning mikdoricha yetasan. Dono xalqimizning:
«Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Т
oqqa chiqmasang, do’lona qayda?!» - degan purhikmat so’zlari ham bu fikrni qo’llab quvvatlaydi.
Inson orzulari sari intilmog’i, yo’lidagi to’g’anoq, aziyat va qiyinchiliklarni yengish uchun yeng
shimarib, sa’y-harakatga kirishmog’i kerak bo’lar ekan.
Ba’zi manbalarda, har qanday maqsad sari qadam bosishda va komil sifat egasi bo’lib yetishishda uch
toifa kishilarni sa’yu harakati, sabru matonati va qiziqishi, intilishi zarur bo’ladi,- deyilgan. Birinchisi
mutaap-lim o’rganuvchi, ya’ni shogirdga va ikkinchi ustozga hamda uchinchisi ota-onasiga bog’likdir.
Modomiki, ular hayot bo’lsalar, hammalarining ehtimomlari bilan kishi o’zining maqsadlariga
erishishi mumkin. Zero, ilmu-hunar o’rganmoqqa zavq, intilish borligi, munosib ustozni topa bilishi,
ota-onaning hayot bo’lishlari Allohning bandaga bergan juda ulug’ ne’matlaridandir.
Shayxul Islom, buyuk imom, ustoz Sadiduddin Sheroziy ash-Shofeiy hazratlari:
Qimirlagan qir oshar, derlar
Ham tinmagan tinar, derlar.
Mushkilotni jiddiylik ketkizar,
Har uzoqlarni uzog’in ketkizar.
Haq,- dedilar: intilganga tole’ yor,
Har makonda ochiq eshik bor.
Jiddiylik, qat’iyyatlik har qanday va har bir uzoq, mushkil ishni amalgaoshiradi, uni yaqinlashtiradi,
yopiq eshiklarni ochadi.
Darvoqe’, hayoti torlik, qiyinchiliklar bilan sinalayotgan kishi, Allohtaoloning bandapari ichida
himmat va hayrat sohibi bo’lishga haqlirokdir. Akdpi, olimu fozil insonlar nochor, kambag’al bo’lib,
kamtarona hayotlari va shu bilan nodon kishilarning maishatlarining bekamu ko’stligi, Alloh taoloning
hikmat bilan xohlagan ishini bajarishiga dalil hisoblanadi. Kim ilmu fahm ne’mati bilan rizqlangan
bo’lsa, bahosi yo’q ne’mat egasi bo’libdi.
Х
ikmati ilohiyga ko’ra, bunday bebaho ne’matsohibi
ko’pincha, moddiy boylik, mol-dunyo kengchiliklaridan mahrum bo’ladi. Demak, aql bilan nodonlik,
boylik bilan kambag’allik hech jamlanmaydilar. Biri boshqasini albatta surib chiqaradi. She’r:
Mehnat ila mashakhat jonga huzur,
Adnoyu oliy maqsadlarga yetkuzur.
Mehnat qilmay maqsadga intilmoq,
Yo’l avvalida orqada ko’p qolmoq.
Umidsizlik dashtida o’zin topar
Har o’tkinchi it ham uni qopar.
Bemashaqqat, mehnat qilmay, qiyinchilik ko’rmay chuqur bilim egasi, munozara o’tkaza oladigan
yetuk olim bo’lishni istaysanmi?! Bilgilki, jinnilikni turlari ham juda ko’p. Ya’ni, bunday yo’l bilan
ilm talab qilish aqlsizlik va jinnilikdan dalolatdir. Hatto dunyo ma-tosiga ega bo’lish uchun ham
qancha qiyinchilikni, g’amtashvishlarni boshdan o’tkazish kerak. Ilm qiymatsiz boylik bo’lsa, qanday
bemashakhat bo’lar ekan?! Zero, mashoyixlarimiz:
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Do'stlaringiz bilan baham: |