www.ziyouz.com kutubxonasi
19
kiradi.
Sheriklarining qat’iyliklari bilan qilingai dars va mukolamalarning samarasi o’laroq, ilm pishiydi, uni
puxta egallaydi.
Kitobni bekordan-bekorga varaqlash mazmum (yomon ko’rilgan) va makruh amaldir. Ammo kitobini
ustoziga yoki sheriklariga ochib bermog’i, foydalanish uchun bo’lsa kerak va lozim bo’ladi.
Т
alaba olayotgan ilmini va hikmatlarini chukur ehti-rom bilan eshitmog’i lozim. Agar bir masalani
ming marotaba eshitishga to’g’ri kelsa, har vaqt butun vujudini kuloq qilib, joni bilan eshitmog’i kerak
bo’ladi. Bu hakda donishmandlar naql qiladilar:
-Agar tolib bir masalani ming marta eshitganda ham uni birinchi eshitgandek, ta’zim bilan eshitmasa, u
ahli ilm bo’la olmaydi.
Chunki, ilm takror bilan pishiq va puxta bo’ladi. Arab maqollarida: «Hamma narsa sarflash bilan zavol
topadi, faqat ilm qancha sarflansa shuncha ziyoda bo’ladi»,- deyiladi.
Т
olibi ilmni biror ilm turini o’zi ixtiyor qilmog’i durust emas. Masalan, ustoz huzurlariga kelib:
«Menga mana bu kitobdan ta’lim bering»,- deyishi to’g’ri emas. Balki, qaysi ilmni ta’lim olishini
ustozning o’zlariga topshirmog’i eng afzal yo’l bo’ladi. Chunki, ustoz bu sohada ancha tajribali bo’lib,
talabaga qanday ilm, qanday qitobni o’qish loyikligini yaxshi biladi. Shuning uchun ham tolibning
mahsadlari ro’yobga chiqishida foydasi aniqroq ta’limni amalga oshira biladi.
Shayxul islom, haq taoloning va dinning hujjati, ustoz Burhoniddin Marg’inoniy hazratlari (a.r.):
-Avvalgi zamon tolibi ilmlari mazkur ishlarni ustozga topshirar edilar. Shul sabab o’z maqsadu
murodlariga erishar, ustozlarining ilmu urfonlaridan o’zlari ham, o’zgalar ham bahramand bo’lar
edilar. Hozir esa, talabalar qaysi ilmni o’qishni o’zlari ixtiyor qiladilar.
Х
uddi tanlagan ilmu kitoblari
ularga ko’proq foyda va naf berishini o’zlari yaxshiroq biladigandek, bu sohani o’rgating, deb ilm
navini tanlaydilar. Shuning uchun ham ilm va fikh sohasidagi maqsudlari hosil bo’lmaydi. Ilmlari
foyda beruvchi, manfaatli bo’lmaydi.
Hikoya qilishlaricha, barcha muhaddis olimlar peshvosi, buyuk vatandoshimiz imom Muhammad ibn
Ismoil al-Buxoriy hazratlari mashxur fiqh olimi imom Mu-hammad ibn al-Hasan hazratlarida fiqh
ilmidan ta’lim olganlar. Namoz ahkomlari bayon qilingan kitobga kelganlarida, ustozlari: siz hadis
ilmini o’qing, hadisga oid ilmlarni o’rganing!- degan ekanlar.
Т
ajribali, shogirdning kelajagiga yorqin nazar sola oladigan ustoz sifatida uning tabiatiga mos va
iqtidoriga loyiq keladigan ilm hosil qilishni tavsiya qildilar. Hazrat imom Buxoriy (a.r.) shundan so’ng
hadis ilmini talab qildilar va kelajakda hadis ilmi olimlarining peshvosi va amiri darajasiga yetdilar.
Dars olish, saboq vaqtida shogirdning ustoziga juda yaqin o’tirishi yaxshi emas. Balki, ustoz va
shogird o’rtasidagi masofa bir kamonning uzunligi miqdoricha bo’lishi kerak. Bu ulug’lashga
loyiqroqsir.
Barcha ahloqi zamimalardan, yomon xulqu harakatlardan tolibi ilm saqlanmog’i kerak, Bezbetlik,
badfe’llik, farosatsizlik, dangasalik, kibr, manmanlik, qo’pol muomapa, nopoklik va boshqa barcha
noshois-taliklar, kishi ko’nglida nafrat, yomon taassurot qoldiradigan xislatlardir. Chunki, bunday
kishilarda farishta, yuzida nuri bo’lmaydi. Vaholanki, janob Rasululloh (s.a.v.) hazratlari:
-Allohning rahmat fariigRalari surat va iti bor xonadonga kirmaslar,- deb ogohlantiradilar. It va surat
tufayli uyga farishta kirmasa, axloqsiz ki-shilarni ma’naviy qashshoq, ichki dunyosi tubanlashgan,
o’zligini bilmagan itlarga o’xshatishlari bejiz emas ekan.
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Do'stlaringiz bilan baham: |