Nizo oldi bosqich - konfrontatsiya
Nizoning o`zi - kompromiss yoki janjal
Nizodan chiqish - muloqot yoki dissonans.
Demak, birinchi bosqichda konkret masala yuzasidan fikrlar yoki qarashlarda tafovut yoki qarama-qarshilik uchun shart-sharoit paydo bo`ladi. Tomonlar o`rtasiga sovuqchilik tushadi, ular o`zaro kelisholmay qoladilar, agar bunda tashqaridan qaraganda, ko`zga tashlanadigan nizo bo`lmasa-da, o`sha shaxslarning o`zi bir-birlariga nisbatan munosabatlarida buni his qila boshlaydilar. Agar rahbar aynan shu bosqichda hodisaga aralashib, o`z vaqtida oqilona qarorlar qabul qilolmasa, nizo ikkinchi bosqichga o`tadi.
Ikkinchi bosqichda har ikkala tomon o`z qarashlarini qarshi tomonnikidan afzal bilib, ochiqchasiga bir-birlarini ayblay boshlaydilar. Shu paytda boshliq ularni kelishtirishga urinadi, agar bu “urinish” alohida - alohida tarzda tomonlarni kabinetga chaqirib ro`y bersa, vaziyat yanada taranglashib, ziddiyat chuqurlashishi, tomonlar o`z xolicha boshliqni ham o`zining tarafdori qilib, u ham nizoning ishtirokchisiga aylanib qolishi muqarrar bo`lib qoladi. Shuning uchun ham psixologiya har qanday nizoni tomonlarni birga chaqirgan holda hal qilish va kompromiss qarorlar chiqarishga tayyor turishni tavsiya etadi. Buning uchun rahbarda nizoning taxminiy obrazi va uni hal qilishga bir nechta alternativ yechimlar bo`lishi kerak. Boshliq biror tomonga ko`proq yon bosa boshlasa ham, nizoning ishtirokchisiga aylanadi. Shuning uchun u xolis tarzda nizoning kelib chiqish sabablari, kimlarning manfaatiga zid ishlar qilinayotganligi, nizo ishtirokchilarining shaxsiy va professional xususiyatlari, kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilib, nizoning “portreti” ni o`zi uchun tasavvur qila olishi kerak. Shundan keyingina, tomonlarni chaqirib, masalaga yanada oydinliklar kiritib, tomonlarni kelishuvga chaqiradi. “Men nima bo`lganini, muammo nimada ekanligini bilish uchun Sizlarni chaqirdim” deb gap boshlashi va har bir tomonning fikri muhimligini ta’kidlab, ayni paytda vaziyatni qattiq nazorat qilishi, uning kechishini boshqarishi lozim.
Nizoli xolatlarda shaxsning qanday xulq-atvor xususiyatlarini namoyon etishiga qarab turli toifalarini kuzatiladi. F.M.Borodkin va N.M.Koryaklar nizoli vaziyatlarda olti xil shaxs tiplari-toifalarini ko`rsatib berganlar. Bular:
Namoyishkorona toifadagi nizoli shaxs.
Rigid toifadagi nizoli shaxs.
Boshqarib bo`lmaydigan toifadagi nizoli shaxs.
Aniqlikni talab etadigan toifadagi nizoli shaxs.
Nizosiz toifadagi nizoli shaxs.
Maqsadga yo`naltirilgan toifadagi nizoli shaxs.
Namoyishkorona toifadagi nizoli shaxs xislatlari:
Diqqat markazda bo`lishni istaydi;
Boshqalar ko`z oldida yaxshi ko`rinishni xoxlaydi;
Uning boshqalarga bo`lgan munosabati, odamlarning unga munosabatidan kelib chiqadi;
Osongina yuzaki nizolarga berila oladi;
Turli vaziyatlarga osongina moslashadi;
Emotsional jihatdan faol bo`lib, aqlan ish ko`rmaydi;
Vaziyatga qarab ishini tashkil etadi va xar doim ham amal qilmaydi;
Sistemali, og`ir ishlardan o`zini olib qochadi;
Nizolardan chekinmaydi, janjalli vaziyatlarda o`zini yomon his etmaydi;
Ko`pincha nizolarga sababchi bo`ladi, lekin o`zini unday hisoblamaydi.
Rigid toifadagi nizoli shaxs xislatlari:
Shubhaga beriluvchan;
O`zini baholashi o`ta yuqori;
Doimo shaxsan tan olinishini talab etadi;
Vaziyat o`zgarishi va sharoitlarni inobatga olmaydi;
To`g`ri va tushunmaydigan, ya’ni moslashmaydigan;
Qiyinchilik bilan atrofidagilarning fikriga kiradi, boshqalarning fikriga u qadar qo`shilmaydi;
Boshqalar tomonidan unga e’tibor ko`rsatilishini majburiyatdek ko`radi;
Boshqalar tomonidan kelishmaslik yoki qo`shilmaslikni xafagarchilik bilan qabul qiladi;
O`z harakatlariga nisbatan tanqidiy qaramaydi;
Nihoyatda arazchi, haqiqiy yoki arzimas nohaqliklarga ham ta’sirchanlikni namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |