Ikkinchi ma’no - baxillik sifatidan poklanish. Chunki bu halok qiluvchidir. Rasululloh
(s.a.v.) aytadilar: «Uch narsa halok qiluvchidir: itoat qilinadigan baxillik; ergashiladigan
kibr-havo; kishining o‘zi bilan mag‘rurlanishi». Alloh taolo aytadi:
(Hashr surasi, 9-oyat). Uning halok qiluvchilik sababi va undan saqlanish kayfiyati
«Halok qiluvchilar choragi»da keladi. Baxillik sifati molni sarflashga o‘rganish bilan
ketadi. Bir narsaga muhabbat hatto odatga aylanguncha nafsni o‘sha narsadan ajrashga
majburlash bilangina to‘xtaydi. Za-kot shu ma’no bilan poklovchidir, ya’ni egasini halok
qiluvchi baxillik razolatidan poklaydi. Uning poklashi sarfiyot miqdori va chiqarib
berishga xursandligi hamda Alloh taolo yo‘lidagi xarajatga xursandligi miqdoricha
Uchinchi ma’no - ne’matga shukr. Chunki Alloh azza va jallaning bandasi ustida nafsi
va moliga oid ne’mati bordir. Badaniy ibodatlar - badan ne’matiga shukr bo‘lsa,
Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
9
moliyaviy ibodatlar - mol ne’matiga shukrdir. Rizqi tor va molga muhtoj kambag‘alni
ko‘rib, tilanish va boshqacha muhtojlikdan istig‘no etib qo‘ygan Alloh taologa shukrona
qilish maqsadida molining qirqdan yoki yigirmadan birini berishga nafsi yo‘l qo‘ymagan
kishi qanday tubandir!
Ikkipchi vazifa - ado qilish vaqtida bo‘ladi. (Zakotni) vojib bo‘lish vaqtidan oldinga
tezlatish diyonatli kishi odobidandir. Bunda kambag‘al va miskinlar qalbiga surur
bag‘ishlash (ga bo‘lgan Allohning amrini) mahkam ushlashga rag‘batni izhor etish va
ezguliklardan mahrum qiladigan zamon mone’liklari borligi uchun tezlashish bordir. U
biladiki, kechiktirishda vojib vaqtdan kechikkanligi uchun banda yo‘liqadigay isyonlar
bilan birga ofatlar ham bordir. Ichidan yaxshilikka chorlovchi ovoz eshitishi bilan uni
g‘animat bilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu malakning kelishidir. Holbuki, mo‘mining qalbi
Rahmon barmoqlari o‘rtasidadir (ya’ni, U xohlaganicha qalbni aylantiradi). Uning aylanib
qolishi naqadar tez. Shayton esa faqirlikdan qo‘rqitadi, fahsh va munkar ishlarga
buyuradi. Malakdan keyin uning ham kelishi bor. Shu bois fursatni g‘animat bilsin.
Zakotiga, agar hammasini ado etsa, ma’lum oyni tayin qilsin. Qurbati ziyoda bo‘lib,
zakoti ko‘payishi uchun eng qulay vaqtda berishga intilsin. Masalan, muharram oyi - u
yilning boshi va xarom oylardan hisoblanadi. Yoki ramazon (oyi). Chunki: «Payg‘ambar
(s.a.v.) xalqning eng saxiyi edilar. Ramazon (oyi)da esa unda hech narsa turmaydigan
shamol kabi bo‘lardilar». Yana ramazonda laylatul-qadr fazilati bor. Va unda Qur’on nozil
bo‘lgan. Mujohid aytadilar: «Ramazon demang, chunki u Alloh taoloning ismlaridan
biridir. Balki ramazon oyi, denglar». Yoki zul-hijja ham fazilati ko‘p oylardandir. Chunki u
xarom oydir, unda hajjul-akbar bordir. Ma’lum kunlar, ya’ni avvalgi o‘n kunlik va sanoqli
kunlar, ya’ni kichik hayit kunlari ham undadir. Ramazon oyi kunlarining afzali - oxirgi o‘n
kunlik, zul-hijja kunlarining afzali esa - avvalgi o‘n kunlikdir.
Uchinchi vazifa-maxfiylik. Chunki bu riyo va sum’a (odamlar eshitsin uchun amal
qilish - tarj.)dan yiroq holdir. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Sadaqalarning afzali - moli
kamaygan kishining maxfiy holda faqirga g‘ayrat qilishidir» (Ahmad va Abu Dovud
rivoyatlari). Ulamolardan biri deganlar: «Uch narsa yaxshilik xazinasidandir, ulardan biri
sadaqani maxfiy qilishdir». Yana musnad Holda Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qilinadi:
«Agar banda bir amalni maxfiylikda qilsa, Alloh uni maxfiy, deb yozib qo‘yadi. Agar uni
zohir qilsa, oshkoralikka yozib qo‘yadi. Agar bu amalni so‘zlab yursa, u maxfiylik va
oshkoralikdan olinib, riyokorlikka yozib qo‘yiladi» (Xatib «At-Ta’rix»da zaif sanad bilan
rivoyat qilgan). Mashhur hadisda esa bunday keladi: «Yetti kishi borki, Alloh ularni faqat
O’zining soyasi bor kunda soyalantiradi. Ulardan biri - sadaqa qilganda berganini o‘ng
qo‘li bilib, chap qo‘li bilmay qolgan kishidir» (Imom Buxoriy va Muslim Abu Hurayradan
(r. a.) rivoyat qilishgan). Xabarda keladi: «Maxfiy sadaqa Parvardigorning g‘azabini
ketkazadi» (Bayxaqiy «Ash-sho‘‘ab»da, Abush-Shayx «As-savob»da zaif sanad bilan,
Termiziy boshqa yo‘l bilan xasan, deya rivoyat qilishgan). Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: