«Ey mo‘minlar, kasb qilib topgan narsalaringizning halol-pokizalaridan va
Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq-ehson qilingiz! Ehson
qilish uchun ulardan o‘zingiz faqat ko‘z yumib turib oladigan past-nopoklarini
tanlamangiz!» (Baqara surasi, 267-oyat.) Ya’ni, faqat karih ko‘rish va hayo bilan
olingiz. «Ko‘z yumib turib»dan murod shudir. Buni Rabbingizdan afzal ko‘rmangiz.
Xabarda kelishicha: «Bir dirham ming dirhamdan o‘tib ketdi» (Nasaiy, Ibn Hibbon va
Hokim rivoyat etib, sahih, deyishgan). Bu hol kishining eng halol va sifatli molini chiqarib
berishi bilan bo‘ladi. Bu badalga rozilik va xursandlikdan sodir bo‘ladi. Molining karih
ko‘rganidan yuz ming dirhamli chiqarishi mumkin. Bu hol u Alloh azza va jallani o‘zi
yaxshi ko‘rgan biror narsaga muqaddam qilmasligiga dalolat etadi. Shuning uchun ham
Alloh taolo o‘zlari yomon ko‘rgan narsalarini Alloh uchun atagan qavmni mazammat qilib
aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |