www.ziyouz.com kutubxonasi
20
— Ollohning izni bilan menga gapir! Bosh chanog‘i gapira boshladi:
— Ey Ruhulloh! Men falon-falon zamondagi podshohman. Saltanat taxtida
o‘tirganimda boshimda tojim, atrofimda qo‘shinlarim, kuch-qudratim va hashamatim bor
edi. Kunlarning birida qoshimda o‘lim farishtasi paydo bo‘ldi. Keyin uning yo‘rig‘iga
ko‘ra, har bir a’zom meni tark eta boshladi. So‘ngra o‘lim farishtasi jonimni oldi. Koshki
edi, o‘sha yig‘inu anju-manlar bo‘lmasa, bugun ayrilig‘u mahrumlikka aylangan! Koshki
edi, o‘sha ulfatchiliklar bo‘lmasa, endi kimsasizlikka, dahshatli yolg‘izlikka sudragan!»
Xikoya qilinadiki, payg‘ambarlar o‘lim farishtasini dahshatli suratda ko‘rgan kishi
tuygan ko‘rqinchni emas balki, faqat jon chiqar talvasasini his etadilar.Agar o‘lim
farishtasi kishining tushiga kirsa, uning kolgan hayoti bezovtalikka aylanadi, umridan tot
ketadi. Bu holat uning o‘ngida sodir bo‘lsachi?!Ammo Ollohning ibodatidagi bandaga
o‘lim farishtasi chi-royli tusda ko‘rinadi.Ikrima Ibn Abbosdan rnvoyat qiladi: «Ibrohim
alayhissalom o‘ta g‘ayur inson edi. Uyida ibodat qilar, uyidan chiqkdnida eshigini qattiq
bekitardi. Bir kuni tashqaridan uyiga kirar ekan, xovli o‘rtasida notanish bir kishi
turganini ko‘rdi.
— Seni hovlimga kim kiritdi? - so‘radi Ibrohim Xalilulloh.
— Bu uyga egalik qilishga men va sendan ham haqliroq Zot meni bu hovliga kiritdi.
— Sen qanday farishtasan?
— O’lim farishtasiman.
— Mo‘minlar jonini oladigan suratda menga ko‘rina ola-sanmi?
— Ha, mendan yuzingni o‘gir!
Ibrohim alayhissalom undan yuzini o‘girdi, keyin qayrilib qaradi: ro‘parasida go‘zal
libosli, xush bo‘yli, yuzlaridan nur balqqan yigit turardi. Shunda Ibrohim alayhissalom
dedi:
— Ey o‘lim farishtasi! Agar mo‘min o‘lim onlarida mana shu suratingda senga
yo‘liksa, bu uning uchun kifoyadir».
Qilingan har bir amallarni yod olib, yozib boruvchi ikki farishtani ko‘rish ham o‘lim
musibatlaridandir. Vaxib deydi: «Aytilishicha, o‘lgan kishiga amallarni yozib boruvchi ikki
farishta ko‘rinadi. Agar o‘lgan kishi toat ibodatli bo‘lsa, farishtalar unga:
— Olloh seni biz uchun ham yaxshilik bilan mukofotlasin. Bizni qanchadan-qancha
sodiqlar majlisiga olib kirding va qanchadan-qancha solihamallar uzra hozir qilding.
Agar o‘lgan kishi fojir bo‘lsa, ikki farishta unga deydi:
— Olloh seni biz uchun ham yomonlik bilan jazolasin. Bizni qancha buzuq majlislarga
olib kirding, yomon amallaring uzra hozir qilding, qabiq so‘zlarni eshittirding. Buning
uchun Olloh sening jazoingni bersin!»
O’lik ko‘zlarning amallarini yozib boruvchi ikki farishtaga tikilib qolishi mana shudir.
Bu nigoh endi hech qachon dunyoga qaytmaydi.
O’limdagi uchinchi musibat osnylarning o‘z joylari jahan-namni ko‘rishlari va
ko‘rishdan oldingi xavfdir. Ular o‘lim talvasasida (sakarot) yotgan paytlarida kuch-
quvvatdan ajrala-dilar, jonlarini topshirishga hozirlanadilar. O’lim farish-tasi olib
keladigan ikkita xabardan birini eshitmaguncha ularning joni chiqmaydi. O’lim farishtasi
shunday ogoh etadi: «Ey Ollohning dushmani! Jahannam bilan seni qutlayman». Yoki:
«Ey Ollohning do‘sti! Jannat senga muborak bo‘lsin».
Aql egalarining qo‘rqinchi mana shu tufaylidirPayg‘ambar alayhissalom dedilar:
«Sizlardan biror kimsa borar joyi qaer ekanligini bilma-gunicha, o‘rni jannatmi yo
do‘zaxmi ekanini ko‘rmagunicha, bu dunyodan ketmaydi» (Ibn Abu Dunyo rivoyati.
Hadisning boshqa rivoya-ti ikkala «Saxih»da Uboda ibn Somitdan rivoyat qilingan).
Rivoyat qilinadi: «Huzayfa ibn Yaman umrining so‘nggi kechalarining birida Ibn
Mas’udga dedi:
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |