www.ziyouz.com kutubxonasi
9
Bilgil, na boylik, na lak-lak qo‘shining seni o‘limdan qutkara oladi. Bilgil! O’lim soati —
kayg‘u va hasrat, beparvo o‘tgan damlarga pushaymonlikdir. O’limdan keyingi bokiy
xayot uchun amal qilgan bandasiga, o‘lim kelnshdan avval nazarini o‘ziga qaratgan
bandasiga Ollohning rahmati bo‘lsin!»
Abu Zakariyo at-Taymiy dedi; «Sulaymon ibn Abdumalik bilan Masjidul-haramda
edik. Ustiga yozuvlar o‘yilgan bir toshni keltirishdi va yozuvni o‘qiy oladigan odamni
izlashdi. Vahb ibn Munabbihni chaqirishdi. U toshdagi yozuvni o‘qidi: «Ey odam farzandi!
Agar ajaling qanchalik yaqin kelganini bilganingda edi, bunchalik uzun orzu-havaslarga
berilmas eding, solih amallaringni ziyoda qilishga intilib, hirs va hiyladan uzoq
bo‘larding. Bugun adashsang, ertaga pushaymon bo‘lasan, ahlingga, xizmatkoringga
bo‘ysunasan. Otang va qarindoshla-ring seni tark etadi, farzandlaring va ahling seni
inkor etadi. Orqaga qaytolmaysan, savob amallaringni ko‘paytirol-maysan. Bas, hasrat
va nadomatda qolishingdan avval qiyomatni o‘ylab, savob amallarga shoshil!»Bu
so‘zlarni tinglayotgan xalifa Sulaymon ibn Abdumalik ho‘ngrab yig‘lab yubordi».
Azizlardan biri dedi: «Muxammad ibn Yusufning Abdu-rahmon ibn Yusufga yozgan
maktubini ko‘rdim. Unda shunday deyilgan edi: «Senga salom!
Yakkayu yagona zot — Ollohga hamd bo‘lsin! Men seni o‘tkinchi dunyodan
amallaringga yarasha javob bo‘ladigan boqiy dunyoga o‘tishing uchun sababchi narsadan
ogoh etaman. Yer yuzidan yer ostiga ketasan. Munkar va Nakir yoningga kelib, seni
o‘tirg‘izishadi, savollar yog‘dirib qiynashadi. Agar Olloh sen bilan birga bo‘lsa,
umidsizlikka, xavfga, qashshoqlikka o‘rin yo‘q. O
lloh
asrasin, agar aksi bo‘lsa, halokat
yuzlanadi, qabr to-rayib siqadi. Keyin sen Mahshar kichqirig‘ini eshitasan, sur puflanadi.
Olloh mahluqotlari orasida xaq va nohaqni yuzaga chiqarish, yeru osmonlarni
mavjudotlardan xoli qilish uchun hukmini joriy etadi. Sirlar ochiladi. Olov gurillaydi. Ta-
rozilar qurilgan. Payg‘ambarlar va shaxidlar keltiriladi. Ular orasida haq karor topadi.
Butun olamlar Parvardigori — Ollohga hamd aytiladi.
Ajabo sharmanda bo‘lganlar qancha! Aybi yepilganlar qancha! Halok bo‘lganlar va
najot topganlar kancha! Azobga duchor bo‘lganlar va raxmatga erishganlar kdncha!
Koshki, u kun mening xolim va sening holing ne kechajagini bilsaydim. Bas, ana shunda
lazzatlar unutilib, shahvatlar kesilar edi. Orzu-xavaslar qisqarib, uyqudagilar uyg‘onar,
g‘ofillar ogoh bo‘lar edi. Bu ulkan xatar oldida sizu bizga Ollohning o‘zi madadkor bo‘lsin.
Muttaqiylar kalbida dunyo va oxirat qanday mav-qeda bo‘lsa, mening va sening
qalbingda xam Olloh ularni shu mavqeda joylashtirsin. Biz O
lloh
tufayli va Olloq uchun
mavjudmiz, vassalom!»
Umar ibn Abdulaznz O
lloh
taologa hamdu sano aytib, ushbu xutbani o‘qidi: «Ey
insonlar! Bilingki, sizlar bekorga yaralma-dingiz va hech qachon bekorga tashlab
qo‘yilmaysiz. Va’da qilingan kun, albatta, keladi. Ollohu kunda barchangizni to‘play-di,
haqni noxakdan ajratib, xukmini joriy etadi. Umrini zoe qilgan badbaxt bandani ertaga
Olloh o‘zining har narsadan keng rahmatidan, osmonlaru yerni sig‘dirgan jannatidan
to‘sadi. O
lloh
dan qo‘rqqan, taqvo qilgan, ozga ko‘pni, fanoga baqoni, shaqovatga
saodatni sotib olgan banda ertaga najot topadi. Sizlar vafot etib ketgan otangizning
pushti kamarida edingizlar, sizdan so‘ng farzandlaringiz qolajak, ibrat olmaysizmi?!
Ibratlanmaysizmi: har kuni muddatn bitgan, orzu-umidi so‘ngan bir kishini ulug‘ va
qudratli Zot huzuriga kuzatasiz. Uni yostiqsiz, to‘shaksiz qaro yer bag‘riga ko‘yasiz.
Uning ahvoli og‘ir: tiriklik sabablaridan uzilgan, do‘stla-ridan ajralgan, hisob bilan
yuzma-yuz...
Ollohga qasam, bu so‘zlarni aytyapman, balki gunohim siznikidan ko‘prokdir. Albatta,
Ollohning qonuni odil, toatga buyuradi, ma’siyatdan qaytaradi. Ollohdan mag‘firat tilay-
man», dedi va yuzini yenggi bilan yopib, yig‘lay boshladi. Ko‘z yoshlari soqolnni yuvar
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |