«Ey Iyso binni Maryam, odamlarga: «Allohni qo‘yib, meni va onamni xudo
qilib olinglar!» deb sen aytdingmi..?» (Moida, Ib-oyat). Iso alayhissalom bu savol
haybatidan bir necha yillar iztirobda qoladi.
Ha, u ulur Kunda payg‘ambarlar ham shunday savollarga tutiladi. Keyin farishtalar
kelib: «Ey falonchining o‘g‘li falonchi! Amallaring ko‘rsatiladigan yerga kel!» deya
odamlarga birma- bir nido qilishadi. Ana o‘sha payt tizzalar qaltirab, jamiki a’zolar
titroqqa tushadi, aqllar lol qoladi. Ba’zi qavm qabih amallari Parvardigori huzu-rida
namoyish qilinishidan, yashirib yurganlari xaloyikning oldida ochilib qolishidan or etib,
jahannamga haydalishni orzu qilib kolishadi.
Savol bogalanigaidan avval Arshning nuri yorishadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |