Da’vogarlarning sifati va mazlumlar haqqining qaytarilishi
Tarozining qo‘rqinchi va xataridan voqif bo‘lding. Ko‘zlar tarozining tiliga qadalib
qolgan:
«Bas, endi (u kunda) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og‘ir kelsa, ana
o‘sha (inson) rozi bo‘ladigan-orzu qiladigan xayotda bo‘lur. Endi kimning
tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi «jarlik»dir! (Al-Qoria, 6-9
oyat).
Bilgil! Bu dunyoda nafsini hisob-kitob qiladigan, amallari, so‘zlari, laxzalarini shariat
mezoni bilan o‘lchaydigan kishigina tarozining xataridan najot toladi. Umar roziyallohu
anhu dedi: «Hisob berishingizdan oldin nafsingizni hisob-kitob qiling. Taroziga
qo‘yilishidan avval amallaringizni torting»
Nafsni hisobga tortish - o‘limdan oldin barcha gunohlardan holis tavba qilish, Alloh
taolo farz etgan amallarni bajarishda qo‘yilgan nuqsonlarni o‘nglash, mazlumlar haqqini
qaytarishdir. Kimki kimgaki tili, qo‘li, qal-bida yomon gumoni bilan ozor yetkazgan
bo‘lsa, halollanib olsin, ya’ni o‘zi ozor bergan har bir mazlumni topib, uni rozi qilsin. Toki
umrining oxirigacha qalbi pok bo‘lib, unda bironta mazlumning haqi, bironta ado
qilinmagan farz qolmasin. Bunday insonlar jannatga hisob-kitobsiz kiradilar. Mazlumlar
xaqini ado qilmay ketgan kishining ahvoliga voy!
Ko‘z oldingga keltir: da’vogarlar xaqqini talab qilib, atrofini o‘rab olishadi. Kimdir
uning qo‘liga, kimdir sochiga, kimdir yoqasiga yopishadi. Biri «menga zulm etding»
desa, yana biri «meni so‘kding» deydi. Birovi «meni haqorat etding» desa, boshqa birovi
«men yo‘g‘imda o‘zimga yoqmagan narsalar bilan meni eslading» deydi.
Kimdir «menga qo‘shni bo‘lding, lekin qo‘shnichilikni buzding», desa, yana kimdir
«men bilan muomala qilding, lekin aldading», deydi. Yana birovi «men bilan oldi-berdi
qildingu, meni chuv tushirib ketding» desa, boshqasi «molning aybini mendan
yashirding, bahosini ko‘tarib, yolg‘on so‘zlading» deydi.
Kimdir aytadi: «Muhtojligimni ko‘rding, bilding, boy bo‘laturib, holimdan xabar
olmading». Yana biri deydi: «Men mazlum edim. Zulmni mendan daf’ qilishga qodir
bo‘laturib, zolimga yaltoqlik etding, uning istagiga yurding».
Shunday ahvolda turganingda da’vogarlar senga tirnoqlarini botiradi, yoqangdan
mahkam ushlab, haqlarini talab qiladi. Sen ularning ko‘pligidan o‘zingni yo‘qotgan holda
hayratda qotasan: nahotki, umring davomida sen muomala qilgan kishilar ichida senda
haqqi bo‘lmagan yoki sen g‘iybat, xiyonat etmagan yo masxaraomuz nazaring bilan
Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
qaramagan birorta odam topilmasa?!
Sen bu dahshatli iskaijadan qutulishga urinasan, umidla Parvardigori Egamga
bo‘yningni cho‘zasan, koshki u Zot bu qo‘llardan seni xalos etsa. Shunda qulog‘ingga
ulug‘ va qudratli Zotning nidosi eshitiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |