Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc


ُﻩَﺮَﻳ اًﺮْﻴَﺧ ٍةﱠرَذ َلﺎَﻘْﺜِﻣ ْﻞَﻤْﻌَﻳ ْﻦَﻤَﻓ



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/124
Sana31.12.2021
Hajmi0,51 Mb.
#201544
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124
Bog'liq
Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

 ُﻩَﺮَﻳ اًﺮْﻴَﺧ ٍةﱠرَذ َلﺎَﻘْﺜِﻣ ْﻞَﻤْﻌَﻳ ْﻦَﻤَﻓ

)

٧

(

 

 

"Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra misqolchalik yaxshilik qilsa, (Kiyomat kunida) 



o‘shani ko‘rur!" {Zalzala surasi, 7). 

Darhaqiqat, zarra misqolicha bo‘lsa ham, yaxshilikdan iz qoladi, xuddi pallaga tushgan bir dona 

arpa ham tarozuga ta’sir qilgani kabi. Agar tarozudagi birinchi arpa tosh bosmaganida edi, xuddi shu 

hajmdagi ikkinchi arpa ham tarozuga ta’sir qilmagan bo‘lardi va pallaga qanchalik ko‘p arpa 

yuklanmasin, o‘lchov o‘zgarmay, bir xilda turaverardi. Lekin bunday bo‘lishi muhol. Bil’aks, zarracha 

yaxshilik bilan tarozuning savoblar pallasi og‘ir bosadi, yomonliklar qo‘yilgan pallasi yengil kelib, 

ko‘tariladi. 

Shunday ekan, ibodat zarra miqdor bo‘lsa ham, uni kichik sanama! Shuningdek, gunohning 

zarralari gunoh emas, deya qaytadan gunohga botma! Nodon bir xotmn ip yigirishga erinib, shunday 

so‘zlar bilan o‘zini oqlagan ekan: "Bir soatda atigi bitta ip yigirdim. Bu ip nima bo‘lardi, yarimta 

ko‘ylakka ham yetmaydi?" 

E voh! Bu xotin shu darajada nodonki, dunyo kiyimlari bitta-bitta ipdan jamlanib to‘qilishini, olam 

jismlari qanchalik ulkan bo‘lmasin. Zarra-zarradan yig‘ilishini anglamaydi... 

Demak, qalbdagi tazarru va istigfor aslo zoe’ bo‘lmaydigan mulk, Alloh huzuridagi yaxshilikdir. 

Qalbdagi bu mulkni, bu ilohiy ne’matni til zohir qilsa, ne baxt! Ammo, yuqorida aytilganidek, qalb 

tazarru va istig‘fordan g‘ofil qolib, yolvorish va istig‘for faqat tilda bo‘lsa, bu ishdan natija kam, albatta. 

Lekin, bizningcha, ayrim hollarda til istig‘fori ham savobdan holi emas. Deylik, bir musulmonni g‘iybat 

qilib yoki o‘zaro behuda gap sotib o‘tirgandan ko‘ra, tilning istig‘for bilan mashg‘ul bo‘lishi a’loroq 

emasmi? Mayli, o‘sha payt qalb g‘aflatda bo‘lsin, lekin til g‘iybatda emas, istig‘forda-ku! Hatto 

istig‘forsiz sukutdan qalbning ishtirokisiz, faqat til bilan bo‘lsa ham, istig‘for aytmoq afzaldir. 

Shayx Abu Usmon Mag‘ribiydan shogirdi so‘radi: "Nega ba’zan qalbim g‘ofil bo‘la turib, tilim zikr 

va Qur’onga shoshadi?" Shunda shayx muridiga: "Allohga shukr et, a’zolaringdan birini — tilingni 

yaxshilikka buribdi, tilingni behuda so‘zlardan tiyib, zikrni uning odati qilibdi", degan ekan. 

Darhaqiqat, a’zolar savob ishlarga odatlansa, bu odat uning tabiatiga singib, shu tabiat bilan 

jumla gunohlarni daf qilish mumkin bo‘ladi. Tili istig‘forga o‘rgangan odam, yolg‘onni eshitgan zahoti: 

"Astag‘firulloh", deydi. Ortiqcha so‘zlashga odatlangan kishi esa xuddi shunday vaziyatda: "Odam 

ham shunchalik ahmoq bo‘ladimi, g‘irt yolg‘on gapiryapsan-ku!" deb boshlaydi so‘zini. Kimning tili 

Ollohdan panoh so‘rashga odatlangan bo‘lsa, yomonlik sabablari ko‘rina boshlashi bilan: "Na’uzu 

billah" (Allohdan panoh tilayman), deydi. Behuda, ortiqcha so‘zlarga o‘rgangan til esa: "Unga 

Allohning la’nati bo‘lsin", deb ikki so‘zining bittasida gunohga botadi. 




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish