ilm bilmoq - anglamoq. Matnda ko‘proq «anglamoq» ma’nosida berildi.
iroda - maqsadni amalga oshirish uchun bo‘lgan kuchli istak; ixtiyor, qat’iyat.
isroiliyyot - muqaddam o‘tgan xalqlar va ularning payg‘ambarlari xususida yahudiy va
nasroniylardan olingan rivoyatlar. Ulamolar isroiliyyotni uch qismga ajratishadi:
1) maqbul xabarlar — Rasulullohdan sahih naql orqali to‘g‘riligi varid bo‘lgan. Masalan, Xizr
alayhissalomning nomlari. Bu haqda sahih hadis mavjud;
2) maskutun anhu — u haqda sukut qilingan xabarlar. Ya’ni, to‘g‘riligi yoki yolg‘onligi noma’lum
xabarlar. Bunday isroiliyyotni ibrat sifatida hikoya qilish mumkin. Lekin uni tasdiqlamaymiz va
yolg‘onga ham chiqarmaymiz. Payg‘ambar alayhis salomning ushbu amriga muvofiq: "Ahli kitobni
tasdiqlamanglar va yolg‘onchiga ham chiqarmanglar. (Balki) Allohga va bizlarga nozil qilingan
narsaga iymon keltirdik, denglar"
;
3) marfuz — inkor qiliigan xabarlar. Ya’ni shariatimizga zid va aqlga xilofligi ayon xabarlar.
Bunday isroiliyyotni tasdiqlash, qabul qilish, rivoyat etish durust emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |