www.ziyouz.com кутубхонаси
68
to‘la ekanini anglab yetolmaydilar.
Tavbani kechiktiruvchilarni shunga o‘xshatish mumkin: Bir kishi daraxtni ildizi bilan qo‘porib
olishi lozim edi. Ko‘rdiki, daraxt osonlikcha sug‘urilmaydi, buning uchun ko‘p mashaqqat sarflash
kerak. Shunda u: "Kel shuni yanagi yil sug‘ura qolay", deb bu ishni keyingi yilga qoldirdi. Keyingi yil
kelib ko‘rdiki, daraxt oldingidan ham baquvvat. Shunday qilib, bu daraxt yildan-yilga mustahkam bo‘la
bordi. U odam esa umr o‘tgan sayin zaiflashib, quvvatdan qoldi.
Dunyoda bu odamning ahmoqligidan kattaroq ahmoqlik bormi? Quvvati borida zaif narsaga
qarshi turmadi. O’zini doimo kuchli, u narsani esa zaifligicha qoladi, degan gumonda bo‘ldi. Oqibat,
o‘ylaganining aksi bo‘lib chikdi, zaif kuchga kirib, uni mag‘lub etdi.
Alloh taoloning kechirishiga muntazir bo‘lib qolgan kishining misoli, barcha mol-dunyosini infoq
qilib, o‘zi va oilasini qashshoqlik girdobiga tashlagan, agar biror xarobadan xazina topsa, shu bilan
Alloh ularni rizqlantirishlik kutyotgan odamga o‘xshaydi. Demak, xarobadan xazina topish imkoni
qanchalik bo‘lsa, avfga suyanib qolgan kishining kechirilish imkoni hm shunchalikdir. Bamisoli, tunda
shaharni qaroqchilar bosishini kutib, butun boyligini hovli sahnida qoldirgan odam kabi bo‘lgan bir
noma’lum kishiga ishonyapsiz? Oxirat kuniga, yaxshi amallarga savob, yomon amallarga jazo
berilishiga ishongan odamnigina oqil deyish mumkin. Agar siz yolg’onchiga chiqargan payg‘ambarlar
haqgo‘y bo‘lib chiqsa, siz mana shu o‘tkinchi, kir dunyoning shahvatlaridan boshqa narsani
yo‘qotmaysiz".
Bunday fikrlash, agar fikrlovchi oqil bo‘lsa, shubhalarni ketkazishga kifoya. Negaki, abadiyatga
nisbatan umr hech narsa. Agar dunyo donga to‘ldirilsa, bir qush millyon yilda bir dona yesa, vaqti
kelib, bu donlar yo‘qoladi, lekin abadiyatdan hech narsa kamaymaydi.
Shunday ekan, nega oqil kishi abadiy saodat uchun shahvatdan nari borsa, yuz yil tiyilmasin!
Shuning uchun Abu Alo Ahmad ibn Sulaymon Tanuhiy Maarri deydi:
Men dedim: o‘lgandan so‘ng tirilish bor,
Munajjimu tabiblar qildi inkor.
So‘zingiz rost bo‘lsa, menga ne zarar,
Mep haq bo‘lsam, sizning holipgiz dushvor.
Alloh rozi bo‘lsin, Hazrati Ali bu masalaning mohiyatini fahmlashdan aqli ojizlik qilib, shubhaga
borgan bir kishiga dedi: "Agar sening aytganing rost bo‘lsa, hammamiz xalos bo‘lamiz. Agar aksi
bo‘lsa, men xalos bo‘laman, sen halok bo‘lasan!"
Oqil kishi barcha holatda xavfsiz yo‘lni tanlaydi.
Agar: "Bu xususda fikrlashni tark etgan, bu ish ularga og‘ir kelgan qalb egalarining axvoli
qandoq bo‘ladi? Bu qalb egalarini, ayniqsa, shariatning asliga va uning tafsilotlariga iymon keltirgan
kishilarni mana shunday fikrlashga qaytarish uchun iima qilish kerak?"
deb so‘rasang, aytay. Bilgilki,
insonni bunday xatodan ikki narsa to‘sadi:
Birinchisi,
foydali fikr. Bu oxirat azobi, uniig shiddati va dahshatlari, abadiy ne’matdan mahrum
bo‘lgan osiylarning hasratlari haqidagi fikrdir. Qalb undan qochadi. Qalb o‘yin-kulgu va huzur-
halovatni yanada ziyoda qilish uchun dunyo ishlari xususida fikrlashdan lazzat oladi.
Ikkinchisi,
tafakkurning dunyo lazzatlari va shahvatlarga bo‘ysunishdan to‘suvchi mashg‘ulot
ekanidir. Inson borki, har bir holatida, har olgan nafasida shahvatga qullik qiladi. Aql ham shahvat
izmida. Aql hiyla tadbiri bilan band, har xil hiyla bilan shahvatni yuzaga chiqarib lazzat oladi. Fikr esa
uni bundan man’ etadi.
Bu ikkala fikrdan to‘suvchi illatlarning muolajasi qanday bo‘ladi? Avvalombor, qalbga o‘lim va
undan keyingi narsalar haqida fikrlashdan to‘sish nodonlik ekanini anglatmoq lozim. U o‘lim xavfini
arzimas sanayapti-yu, lekin uni xotirlashdan qo‘rqyapti. O’lim va undan keyingi holatlar tasavvuriga
dosh berolmayapti-yu, qanday qilib o‘lim kelganida, uning shafqatsizliklariga chidasin?
Fikr dunyo lazzatlarini ketkazishga majbur qiladi va oxirat lazzatlarini boy berish juda katta
yo‘qotish ekanini anglatadi. Chunki, oxirat lazzatining so‘nggi yo‘q, unda kudurat yo‘q, soflik bor.
Dunyoning o‘tkinchi lazzatlari esa tiniqlikka begona, g‘am va g‘ashlikka qorilgan quyqadir.
Gunohlardan tavba etib, toatga yuzlanmoq, Alloh taologa murojaaat qilib, lazzat topmoq,
Allohning ma’rifati va unsiyati bilan rohatlanmoq naqadar go‘zal! Allohga toat etuvchi inson amaliga
mukofot sifatida ibodat halovatini, Allohga qilayotgan munojoti orqali yakka-yu yagona Do‘stini topadi.
Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |