«Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda)
Parvardigorining (huzurida) turishi (va U Zotga hisob-kitob berishi)dan
qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat
jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-oyat).
Bu harakat va urinishdagi asl muhim narsa qasd etilgan narsaga vafo qilishdir. Agar
shahvatni tark etishga qasd qilinsa, shahvatga olib boradigan yo‘llar yengillashib qoladi.
Bu esa Alloh taolodan bo‘lgan imtihon va sinovdir. Endi sabr qilmog‘i va qasdida doimiy
bo‘lmog‘i lozim. Chunki u nafsini qasdni tark qilishga odatlantirsa, nafsi shunga o‘rganib
qoladi va buziladi. Agar unga qasdni buzish to‘g‘ri kelib qolsa, nafsiga bir jazo tayinlashi
lozim. Buni «Muhosaba va muroqaba kitobi»ning nafsni jazolash to‘g‘risidagi bobida zikr
qilganmiz. Agar nafsni bir jazo bilan qo‘rqitmasa, nafs unga ustun keladi va nazdida
shahvatga binoan ish qilishi chiroyli ko‘rinadi. Shu sababli riyozat butkul fasod bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |