Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
71
«Kufr yo‘lini tutgan kimsalar esa xoh siz, (ey Muhammad alayhissalom), ularni
(Alloh taolo azobidan) qo‘rqiting, xoh qo‘rqitmang, ularga barobardir - iymon
keltirmaydilar»
(Baqara surasi, 6-oyat).
Ba’zi shahvatlarga berilib, ahvoli shunday bo‘lgan ko‘pgina qalblar ba’zi narsalardan
parhez qiladi-yu, lekin chiroyli yuzni ko‘rganda ko‘ziga va qalbiga ega bo‘lolmaydigan,
aqli yengiltaklik qiladigan va qalbining to‘g‘oni tushib ketgan kishiga o‘xshaydi. Yoki
martaba, ulug‘lik va boshliqlik o‘rinlarini ko‘rganda o‘zini ushlab turolmaydigan, bularga
erishish sabablari zohir bo‘lganida o‘zini ushlab turish uchun
tayanchi qolmagan kishiga
o‘xshaydi yoki biror aybi zikr qilinib haqir sanalganda g‘azabi kelib, o‘zini boshqara
olmaydigan kishiga o‘xshaydi. Yoki bir dirham yo bir dinor olishga qodir bo‘lib turganida
o‘zini tutolmaydigan, hatto uning ortidan go‘yo hayajonlanib aqldan ozgan kishiga
o‘xshab yuguradigan, natijada dirham va dinorni deb sha’n-shavkat
va taqvoni unutib
qo‘yadigan kishiga o‘xshaydi. Mana shularning hammasi havoyi nafsning tutuni qalbga
ko‘tarilib, oqibatda uning nurlari o‘chib qorong‘ilashib ketgani uchundir. Undan hayo,
muruvvat va iymon nurlari ham o‘chib ketadi. Keyin qalb shaytonning murodini hosil
qilishga harakat qiladigan bo‘lib qoladi.
Uchinchi qalbda havoyi nafsning fikrlari zohir bo‘lib, uni yomonlikka chaqiradi.
Iymonning fikri uni ortidan yaxshilikka chaqiradi. Nafs o‘z shahvatlari bilan yomonlikning
fikriga yordamga qo‘zg‘aladi. Shahvat kuchayib, lazzatlanish
va baxra olishni unga
chiroyli ko‘rsatadi. Aql yaxshilikning fikri tomon qo‘zg‘alib, shahvatning ishini xunuk
sanab, u tomonga tashlanadi. Unga johillikning nisbatini berib, yomonlikka tashlanishda
hamda oqibatlarga befarqligida hayvonga va yirtqichlarga o‘xshatadi. Natijada nafs
aqlning nasihatiga moyil bo‘ladi. Shayton esa yana aqlga qattiq hamla qiladi,
nafsga
chaqiruvchi fikr yana kuchayadi. Shayton: «Nima bu o‘zini ma’nosiz qiynash, nima
uchun xohishingdan bosh tortib nafsingga aziyat berasan? Zamondoshlaringdan birortasi
havoyi nafsiga xilof qilib, o‘z maqsadini tark qilyaptimi? Dunyo lazzatlaridan
foydalanishni ularga qoldirasanmi? Bu lazzatlardan nafsingni to‘sib qo‘yib, o‘zing
mahrum, bechora va qiynalgan holda qolasanmi? Zamondoshlaring ustingdan kulishadi-
ku! Mansabing ham falon-falon kishilardan ziyoda bo‘lishini xohlamaysanmi? Ular sen
istagan
narsalarni qilishdi, undan bosh tortishmadi. Falon olimni ko‘rmaysanmi? U
bunday narsalardan ehtiyot bo‘lmayapti, agar bu ishlar yomon bo‘lganida albatta undan
tiyilardi», deydi. Natijada nafs shaytonga moyil bo‘lib, u tarafga buriladi
Keyin farishta shaytonga qattiq hamla qiladi va: «Naqd lazzatga ergashib, oqibatni
unutganlargina halok bo‘ldilar. Ozgina lazzat bilan qoniqib, jannat
lazzati va uning
abadul-abad ne’matlarini tark qilasanmi? Yoki shahvatdan tiyilish, sabr qilish azobini
qiyin sanab, do‘zax azobini oson deb bilasanmi? Insonlarning o‘z nafslaridan g‘aflatda
bo‘lishlari va havoyi nafsga ergashib shaytonga yordam berishlari bilan aldanasanmi?
Vaholanki, boshqalarning ma’siyati sendan do‘zax azobini yengillatmaydi. Menga xabar
ber-chi, agar qattiq issiq kunda insonlarning hammasi quyosh tig‘ida issiq joyda turgan
bo‘lsa, sening esa salqin uying bo‘lsa, odamlar bilan issiqda turib ularga
yordamlasharmiding yoki issiqdan qochib salqin uyingda o‘tirarmiding?
Endi qanday qilib
insonlarga quyoshdan qo‘rqib teskari ish qilasan-u, nima uchun do‘zax issiqligidan
qo‘rqib ularga teskari ish qilmaysan?» Mana shu payt nafs farishtaning gapiga
bo‘ysunadi. Xullas, qalb doimo ikki qo‘shin o‘rtasida to unga eng munosibi g‘olib
kelgunicha beqaror va o‘zaro tortishuvda bo‘ladi.