Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Mo‘min va mo‘minalarning oldilarida va o‘ng tomonlarida nurlari (ya’ni, qilgan



Download 459,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/128
Sana01.02.2023
Hajmi459,21 Kb.
#906286
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128
Bog'liq
Qalb kitobi. Abu Homid Gazzoliy

«Mo‘min va mo‘minalarning oldilarida va o‘ng tomonlarida nurlari (ya’ni, qilgan 
yaxshi amallari va nomai a’mollari yo‘llarini yoritib) ketayotganini ko‘radigan 
kunni (eslang)»
(Hadid surasi, 12-oyat). 
Xabarda rivoyat qilinadi: «Albatta ularning ba’zilariga tog‘ kabi nur beriladi, ba’zilariga 
undan kichikroq beriladi va hatto bulardan oxirgi kishiga ikki oyog‘ining bosh barmog‘i 
miqdoricha nur beriladi. Bu nur goh taraladi, goh o‘chib qoladi. Taralgan paytda ikki 
qadamini oldinga tashlab yuradi, o‘chgan paytda esa turib qoladi. 
Sirot ko‘prigidan o‘tishlari ham nurlarining miqdoriga ko‘ra bo‘ladi. Ular orasida ko‘z 
ochib-yumguncha o‘tib ketadigani, chaqmoqqa o‘xshab o‘tadigani, bulutga o‘xshab 
o‘tadigani, yulduzlarning uchishiga o‘xshab o‘tadigani va otning maydonda eng qattiq 
tezlagan holatidek o‘tib ketadigani ham bo‘ladi. «Ikki oyog‘ining bosh barmog‘idek nur 
berilgan kishi esa yuzi, qo‘li va oyoqlari bilan emaklab, bir qo‘lini tortib, ikkinchisini 
osiltirib, atrofiga do‘zax olovlari tegib o‘tadi, hatto undan qutulib o‘tib ketguncha 
shunday bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati, sahih). Bas, bu hadis insonlar iymonda tafovutli 
ekanlarini ko‘rsatadi. Agar Abu Bakr roziyallohu anhuning iymonlari nabiy va rasullardan 
boshqa butun olamning iymonlari bilan (tarozida) tortib ko‘rilsa, albatta Abu Bakrning 
iymonlari og‘ir keladi. Bu bir kishining agar quyosh nuri barcha chiroqlar bilan tortib 
ko‘rilsa, albatta quyosh nuri og‘ir keladi, degan so‘ziga o‘xshaydi. Har bir insonning 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
33
iymon nuri chiroqning nuriga o‘xshaydi va ba’zilarining nuri esa shamning nuriga 
o‘xshaydi. Siddiqlar iymonining nuri oy va yulduzlar nuriga o‘xshaydi. Payg‘ambarlar 
iymonining nuri quyoshga o‘xshaydi, ufqning surati keng hududli bo‘lishiga qaramay, 
quyosh nurida ochiq ko‘rinadi. Chiroq nurida esa faqat uyning tor bir burchagi ko‘rinadi, 
xolos.
Qalb ma’rifatlar bilan kengayishidagi va oriflar qalbida malakut olamining kengligi 
namoyon bo‘lishidagi tafovut ham shunga o‘xshashdir. Shuning uchun ham xabarda 
keladiki: «Qiyomat kuni qalbida zarra misqolicha iymoni bor kishilarni do‘zaxdan
chiqaringlar va yarim misqol bo‘lsa ham, misqolning to‘rtdan biri miqdorida bo‘lsa ham, 
bir arpa donicha va zarraning o‘zichalik bo‘lsa ham, chiqaringlar», deyiladi (Imom 
Buxoriy va Muslim «misqolning to‘rtdan biri» lafzisiz rivoyat qilishgan). Bularning 
hammasida iymon darajalarining tafovutli ekanligiga tanbeh bor. Albatta iymonning bu 
miqdorlari do‘zaxga kirishdan man qilmaydi. Bu hadisdan misqoldan ko‘proq iymoni bor 
kishi do‘zaxga kirmasligi ham tushuniladi. Zero, agar kirsa ham, avvalo uning 
chiqarilishiga albatta buyruq beriladi. Yana bu hadisda qalbida zarra iymoni bor kishi 
agar do‘zaxga kirsa ham, unda abadiy qolib ketishga mustahiq bo‘lmaydi, degan ma’no 
bor. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlari ham shunga 
o‘xshashdir: «Unga o‘xshagan mingtasidan biron narsa yaxshiroq emas, faqat mo‘min 
insongina yaxshiroqdir» (Tabaroniy rivoyati).
Bunda Alloh taoloni tanuvchi, Unga qat’iy ishonuvchining qalbi afzalligiga ishora bordir
chunki uning qalbi mingta avom xalqning qalbidan yaxshiroqdir. Batahqiq, Alloh taolo 
aytadi: 

Download 459,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish