www.ziyouz.com
kutubxonasi
119
Demak, riyozatdan maqsad inson qalbini doim Alloh taolo bilan birga topmog‘idir, bu
faqat boshqalardan xolilik bilangina bo‘ladi, boshqalardan xoli bo‘lish esa faqat uzoq vaqt
kurashish bilan bo‘ladi. Agar uning qalbi Alloh taolo bilan birga bo‘lsa, uning uchun
Parvardigorning ulug‘ligi zohir bo‘ladi. Yana unga haq porlaydi va Alloh taoloni
sifatlashga til ojiz, balki hech ham to‘la sifatlay olmasligi zohir bo‘ladi. Agar muridda
mana shulardan birortasi paydo bo‘lsa, uning yo‘lida turadigan eng katta to‘siq uni va’z-
nasihat qilgan holda gapirib yubormog‘i va uni insonlarga bildirish uchun chiqmog‘idir.
Shu paytda nafs undan shunday lazzat topadiki, keyin bunday lazzat bo‘lmaydi. Ana shu
lazzat uni kashf bo‘lgan narsalarning ma’nolarini qanday keltirish to‘g‘risida, u haqda
gapiriladigan lafzlarni chiroyli qilish to‘g‘risida, uni tartibma-tartib aytish to‘g‘risida, uni
hikoyalar bilan, Qur’on va xabarlarning dalillari bilan ziynatlash to‘g‘risida, unga qalblar
va quloqlar moyil bo‘lishi uchun gapirish san’atini chiroyli qilish to‘g‘risida fikr yuritishga
chaqiradi.
Ba’zan shayton unga: «Albatta bu ishing Alloh taolodan g‘aflatdagi o‘lik qalblarni
tiriltirishdir. Sen Alloh bilan xalq o‘rtasidagi vositachisan, bandalarini Unga chaqirib
berasan, bu ishingda sen uchun bir nasiba ham yo‘q va nafsing uchun unda bir lazzat
ham yo‘q», deb xayol qildiradi. Yana shaytonning hiylasi tengdoshlari ichida undan ko‘ra
kalomi chiroyliroq va so‘z boyligi ko‘proq, avom xalq qalbini jalb qilishga kuchliroq
kishilar borligida zohir bo‘ladi, chunki (tengdoshlaridagi peshqadamlikka) uning ichida
hasad chayoni harakatlanadi. Agar qalbida gapini odamlarga qabul qildirish hiylasi
qo‘zg‘algan bo‘lsa, agar uning harakatlantiruvchisi haq, ya’ni to‘g‘ri yo‘lga Alloh
taoloning bandalarini da’vat qilishga harislik bo‘lsa, bu bilan uning xursandchiligi yanada
ko‘proq bo‘ladi. «Bandalarini tuzatish uchun menga yordamlashgan kishi bilan meni
quvvatlab qo‘ygan va menga madad bergan Zotga hamd bo‘lsin», deydi. Bu quyidagi
holatga o‘xshaydi: hech kimi yo‘q bir o‘likni dafn qilish ishlari yuklangan va gardaniga
shar’an tayinlab qo‘yilgan kishiga yordam berish uchun bir kishi kelib qoladi. U esa
yordamchi kelganiga xursand bo‘ladi va o‘ziga yordam berayotgan kishiga hasad
qilmaydi.
G’aflatdagi kishilarning qalblari o‘likdir, voizlar esa ogoh qiluvchi, ularni tiriltiruvchidir.
Voizlarning ko‘payishida rohatlanish va bir-biriga yordam berish bor. Bu holatga qattiq
xursand bo‘lish lozim. Bunday xursandlikning topilishi juda kam. Murid bundan juda
ehtiyot bo‘lishi lozim. Chunki bu - yo‘lning avvalgi eshiklari ochib berilgan kishilarga
io‘lni to‘sib qo‘iishda shaitonning eng katta tuzog‘idir. Chunki dunyo hayotini ixtiyor
qilish insondagi tabiatdir. Shuning uchun Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |