«Agar sizni shayton tomonidan bo‘lgan vasvasa yo‘ldan urmoqchi bo‘lsa,
Allohdan panoh so‘rang! Albatta U eshitguvchi, bilguvchidir»
(A’rof surasi, 200-
oyat).
Yana aytadi:
«Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa,
(Allohni) eslaydilar-da, bas, (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar»
(A’rof surasi, 201-
oyat).
Ikkinchisida muridni shakka tushirib qo‘yadi. Shu paytda murid shayxiga murojaat qilishi
lozim. Hatto qalbidagi sustkashlikni ham, g‘ayratni, boylikka burilib qolishni ham,
irodasidagi rostgo‘yliklarni ham shayxiga zohir qilmog‘i darkor. Boshqalardan esa uni
berkitmog‘i, undan biron kishini xabardor qilmasligi lozim. So‘ng shayxi uning holatiga
qaraydi. Uning ziyrakligi va donoligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘radi. Agar uni tashlab qo‘ysa
yoki fikrlashga buyursa, o‘zi Haqning haqiqatini tushunishni bilsa, uni fikrlashga burib
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
118
qo‘yishi, hatto uning qalbiga o‘zi uchun haqiqati bilinadigan nur tashlanguncha fikrlashni
lozim tutishga buyurishi kerak. Agar bunday narsalarga uning kuchi yetmasligini bilsa,
qalbi ko‘tara oladigan nasihat va eslatmalardan hamda uning fahmiga yaqin dalillar bilan
uni qat’iy e’tiqodlarga qaytaradi.
Shayx hushyor bo‘lishi, unga mehribonlik qilishi lozim bo‘ladi, chunki bunday holatlar
yo‘li halokatli va o‘rinlari xatarlidir. Qancha-qancha riyozat bilan mashg‘ul muridlarga
buzuq xayollar g‘olib kelib qoladi, uni daf qilishga kuchlari yetmaydi. Shu bilan ularga
yo‘l berkiladi. Keyin bekorchilik bilan mashg‘ul bo‘lib, muboh yo‘llarga kirib ketishadi. Bu
esa juda katta halokatdir.
Qaysi bir inson zikr uchun yolg‘izlanib, qalbidan mashg‘ul qiluvchi aloqalarni daf qila olsa
ham, bunga o‘xshash fikrlardan xoli bo‘lolmaydi. Chunki u xatar kemasiga mingan. Agar
shu xatardan salomat bo‘lsa, u din egalaridan bo‘ladi. Agar xato qilsa, halok
bo‘luvchilardan bo‘ladi. Shuning uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«O’zingizga keksalarning dinini lozim tuting», deganlar (Ibn Tohir «Tazkira» kitobida bu
hadis odamlar ichida mashhur, lekin aslini topa olmadim, degan). U iymonning asli va
zohiriy e’tiqodni taqlid yo‘li bilan, yaxshi amallarga mashg‘ul bo‘lish bilan o‘rganishdir.
Chunki bulardan burilib ketishning xatari ko‘p. Shuning uchun shayxga muridini kuzatib
yurishi vojib deyiladi. Agar murid ziyrak va sezgir bo‘lmasa, zohiriy e’tiqodlarga ega
bo‘lmasa, uni zikr va fikr bilan mashg‘ul qilmaydi. Balki uni zohiriy amallarga va
mutavotir vazifalarga qaytaradi. Yoki barakotlar uni ham o‘z ichiga olishi uchun
tafakkurga yolg‘izlangan kishilarga xizmat qilish bilan mashg‘ul qiladi. Chunki jang
maydonida jihod qilishdan ojiz kishi qiyomat kunida mujohidlar jamoasida tirilmoq va
barakotlaridan nasibalanish uchun jihod qilayotgan qavmni sug‘orib va otlariga qarab
turishi lozim bo‘ladi, garchi ularning darajalariga yetmasa ham.
Zikr va fikr uchun yolg‘izlangan muridni goho manmansirash, riyokorlik, o‘zi uchun kashf
bo‘layotgan holatlarga va zohir bo‘lgan boshlang‘ich karomatlarga sevinishdan iborat
ko‘p to‘siqlar to‘xtatib qo‘yadi. Shu holatlardan birontasiga burilib qaraganda, u bilan
nafsi mashg‘ul bo‘lganda, bu uning yo‘lida nuqson va to‘siq bo‘ladi. Aksincha, murid umri
davomida o‘z holatini dengizlar oqizib kelinganida ham o‘zini qondirolmaydigan va
doimiy chanqoq kishidek lozim tutmog‘i kerak. Muridning dastmoyasi xalqdan Haqqa va
xilvatga o‘tishdir.
Sayyohlardan biri aytadi: «Xalqdan uzilib ketgan abdollarning biriga: «To‘g‘rilikning yo‘li
qanday?» dedim. U kishi: «Dunyoda go‘yo yo‘ldan o‘tib ketayotgan kishiga o‘xshagan
bo‘lmog‘ing», dedi. Yana u kishiga: «Meni shunday amalga dalolat qilingki, unda
qalbimni doim Alloh bilan birga topay», dedim. U kishi: «Xalqqa qarama, chunki ularga
qarash zulmatdir», dedi. «Buning iloji yo‘q», dedim. U kishi: «Ularning gapini eshitma,
chunki ularning gapi qalbni qoraytiradi», dedi. «Menga buning ham iloji yo‘q», dedim. U
kishi: «Ular bilan muomala qilma, chunki ular bilan muomala xavotirlidir», dedi. Men:
«Men ularning oralaridaman, ularga muomala qilmaslikning iloji yo‘q», dedim. U kishi:
«Ular bilan birga turma, chunki ular bilan birga turish halokatdir», dedi.
Men: «Mana shuni bir sabab, desa bo‘ladi», dedim. U kishi: «Ey inson, g‘ofillarga
qaraysan, johillarning kalomlarini eshitasan, battollar bilan muomala qilasan-u, qalbingni
doim Alloh taolo bilan birga topmoqni xohlaysan, bu aslo bo‘lmaydigan narsadir», dedi».
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |